ERIELL Group: Qarshi filialida Mustaqillik kuni keng nishonlandi
ERIELL Group xodimlari har yili sevimli bayramni samimiy quvonch ila qarshi oladi. Bu yil ham Mustaqillikning yubiley - 30 yillik sanasi ham Kompaniyamizning barcha ob'ektlarida keng nishonlanmoqda.
Xususan, ERIELL Groupning Qarshi filialidagi «Beshkent» IChTBda ham qo‘shaloq bayramlar, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni va Neft', gaz va yoqilg‘i sanoati xodimi kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Kompaniyaning 600 nafardan ziyod xodimi, jumladan rahbar o‘rinbosari, loyihalarning bosh geologi Cho‘li Qurbonovich Sherov, burg‘ulash ustalari, loyihalar xizmatlari va bo‘linmalari rahbarlari va boshqa xodimlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirni ijrochi direktorning Birinchi o‘rinbosari, loyihalar rahbari Bahodir Ma'dievich Xatipov ochib berdi. O‘zining qutlov nutqida u hamkasblarini Mustaqillik kuni, shuningdek an'anaviy ravishda sentyabr' oyining ilk yakshanbasida nishonlanadigan yaqinlashib kelayotgan Neft', gaz va yoqilg‘i sanoati xodimlari kuni bilan muborakbod etdi. Bahodir Ma'dievich barcha yig‘ilganlarga mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar, yangi marralarni zabt etish, osmonimiz musaffo bo‘lishi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilishni tiladi.
Eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasi va ish faolitida erishilgan yuksak natijalar uchun Qarshi filialining bir guruh xodimlari esdalik nishonlari bilan taqdirlandi:
• Xatipov Bahodir Ma'dievich, ijrochi direktorning birinchi o‘rinbosari, loyihalar rahbari;
• Sherov Cho‘li Qurbonovich, loglavniy geolog proektov;
• Belousov Ravil' Fattaxovich, PRS boshlig‘i;
• Norbutaev Bahrom Kuvonovich, 15-brigada elektr montyori (Soyib);
• Tilyakov Farhod Nuftillaevich, IChTB 2 razryadli yukchisi;
• Jumaev Akbar Sadulloevich, koltyubing 5 razryadli quduqlarning zaboyoldi zonasiga ishlov berish bo‘yicha burg‘ulovchi yordamchisi;
• Xadjiev Rashid Alisherovich, 15-brigada ustasi;
• Toshpulatov Hamroqul Jo‘raevich, M-25 43-brigada burg‘ulovchisi;
• Kamolov Azizjon Mustafoevich, UDU 15-brigada burg‘ulovchisi;
• Qurbonov Jahongir Jabborovich, 32-brigada (JP) 5 razryadli burg‘ulovchi yordamchisi;
• Upaev Ikromjon Sobirovich, 25-brigada burg‘ulovchisi (Ustyurt);
• To‘raxonov Panji Nurxonovich, 3-brigadaning 5 razryadli burg‘ulovchi yordamchisi (Ustyurt);
• Bahronov Nodirjon Nayimjonovich, 80-son QKT ustasi;
• Qo‘ziboev Tojiboy Rizaevich, QKT burg‘ulovchisi.
ERIELLGroup rahbariyati nomidan quyidagi xodimlar faxriy yorliqlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
• Abaev Baxtiyor Xurramovich, UKRS umumiy masalalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari;
• Tursunov Shuhrat Begnaevich, PVO xizmati quduq og‘zini bog‘lash bo‘yicha mexanik;
• Jabborov Anvar Jumaevich, 3-burg‘ulash brigadasi 7 razryadli ERBS burg‘ulovchisi (Ustyurt);
• Axmedov Jamshid Salimovich, 37-burg‘ulash brigadasi mexanigi (ZJ-30,180-ZJ-M-04);
• Guchchiev Farhod To‘laganovich, 19-burg‘ulash brigadasining 4 razryadli burg‘ulovchi yordamchisi (COOPER-100);
• Gaybulloev Xayrullo Sayfulloevich, IChTB 2 razryadli yukchisi.
2021 yilning birinchi yarim yilligida ish yakunlari va reyting natijalari bo‘yicha erishilgan yuksak natijalar uchun Neft' va gaz sanoati xodimlari kuni arafasida qator burg‘ulash va QKT brigadalari xizmatlari alohida qayd etildi. Ularning xodimlari ham bir marttalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida “Sangizar” ansambli chiqish qildi, Qarshi filiali xodimlari bayramni chin dildan nishonlab, musiqa sadolari ostida raqsga tushdi. Tadbir do‘stona ruhda o‘tdi, bu esa o‘z navbatida ERIELLGroup bir katta oila ekanidan dalolatdir.