ERIELL Group: Quduqlar qurilishi bilan bog‘liq hisob-kitoblar
«Agar siz aytayotgan narsangizni o‘lchash va raqamlarda ifodalashga qodir bo‘lsangiz, u holda siz bu haqida nimadir bilasiz, biroq agar siz buni o‘lchab, raqamlarda ifoda ettira olmasangiz, demak bilimlaringiz juda sayoz va qoniqarsizdir».
Burg‘ulash texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish, burg‘ulash ishlari unumdorligini salmoqli ravishda oshirish va ularning tannarxini kamaytirish — jiddiy vazifa. Ularni hal etishga ERIELL Groupda turli sharoitlarda quduqlarni o‘tkazishning eng mukammal usullari borasida izlanayotgan eng yaxshi muhandislar, texnologlar va boshqa mutaxassislar jalb etilgan.
Ma'lumki, kelajakda burg‘ulovchi-muhandis bo‘lish uchun talabalik yillaridanoq hisob-kitob va kurs ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lg‘usi mutaxassis nafaqat turli yo‘nalishdagi quduqlarni burg‘ulashning nazariy asoslarini yaxshi bilishi, balki burg‘ulash texnologiyasi va texnikasi bilan bog‘liq hisob-kitoblarni dadil amalga oshirishi kerak.
Hisob-kitoblarni amalga oshirishda mutaxassislar deyarli doimo ma'lumot xarakteriga ega u yoki bu kattaliklarni tanlash zaruratiga duch keladi. Hisob-kitob vaqtida ularning qo‘l ostida eng zarur ma'lumotlar bo‘ladi. Qolgan ma'lumotlarni esa mutaxassislar mustaqil ravishda mavjud o‘quv-ma'lumot adabiyotlaridan oladi.
Zamon bilan hamnafas qadam tashlagan holda Kompaniyalar guruhida maxsus dasturiy ta'minotlardan foydalaniladi. Bursoft, SCADA FieldDAQ, WDSS FieldNote, Geoxim va boshqalardan DTlar shular jumlasidan.
Mazkur dasturlardan foydalanish hisob-kitob vaqtini ancha qisqartirish, texnik xatolar va qo‘yimlarni minimallashtirish imkonini berib, bu esa o‘z navbatida quduqni qurish sifatini yanada oshiradi.
Bugungi kunda hisob-kitoblardan quduqlarni mustahkamlash, burg‘ulash eritmalari, qiya yo‘nalitirilgan burg‘ulash bo‘yicha muhandislar hamda burg‘ulash bo‘yicha texnologlar foydalanadi. Hisob-kitoblar barcha maqsad va vazifalarni amalga oshirishda qo‘llaniladi. Bu qatlam bosimi anomal ravishda past bo‘lgan quduqlarni yuvish, og‘irlashtirilgan sement qorishmalariga ega quduqlarni mustahkamlash, qiya yo‘naltirilgan quduqlarni loyihalash va burg‘ulash, shuningdek burg‘ulash uchun burg‘ulash ustunlarining maqbul komponovkalarini tanlash ham bo‘lishi mumkin.
Hisob-kitoblarni amalga oshirish — neft'servis ishlarining ajralmas qismi hisoblangan qiziqarli va maroqli jarayondir.