ERIELL Group: Sohaga doir qiziqarli ma'lumotlar
🇺🇿 Stanok-oylari va quduq-oylari: burg‘ulash va qurilish tezligini o‘zgartirish birliklari to‘g‘risida nimalarni bilish kerak?
Burg‘ulashda stanok-oylari hamda neft' va gaz qazib olishda quduq-oylari — bu burg‘ulash qurilmalari va quduqlarning ishlashi va bekor turib qolishi vaqtini o‘lchashning shartli birligidir. U 720 stanok-soat yoki quduq-soat (yoki 30 stanok-kuni yoki quduq-kuni)ga teng.
Oylik kavlab borishning tegishli stanok-oylariga bo‘linishi natijasida burg‘ulashning tijoriy tezligi kelib chiqadi. Tahlil vaqtida esa miqdor sifatida burg‘ulash uskunasida o‘tkazilgan burg‘ulash va sinab ko‘rish stanok-oylarining umumiy soni olinishi mumkin.
1 metrga taqsimlanadigan harajatlar harajatlarning umumiy summasini quduq chuqurligiga alohida bo‘linishiga teng.
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda burg‘ulashning stanok-oyidan tashqari quyidagilar ham hisoblanishi mumkin:
- quduq qurilishi siklining stanok-oylari,
- minora qurilishi va montajning stanok-oylari,
- sinab ko‘rish va sinab ko‘rishni kutishning stanok-oylari,
- burg‘ulashning ishlab chiqarish vaqti stanok-oylari,
- avariyalar stanok-oylari va h.k.
Quduqlar sonining rejadagi davrdagi oylar bo‘yicha yig‘indisi chiqarilganda bu summani oylar soniga bo‘lish orqali amaldagi eksplutasiyaviy quduqlarning o‘rta ro‘yxatdagi soni aniqlanadi.