September 22, 2021

ERIELL Group: Super Leoning Angrenga sayohati

🇺🇿 Shercha Leo haqidagi ertak qahramoni O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqdi. Uning ilk manzili Toshkent viloyati Angren shahridagi 40-sonli MTM bo‘ldi. Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga ERIELL Group tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda chop etilgan Super Leo kitobining 280 ta nusxasi taqdim etildi.

Bolajonlar bilar bilan vaqtichog‘lik qilib, hatto raqsga ham tushgan ota-sherdan ularning boshi osmonga yetdi. U bolalar bog‘chasining har bir guruhiga kirganda, bolajonlar uni katta hayajon bilan qarshi oldi.

Shercha haqidagi qiziqarli hikoyada sodda tilda bolalikdanoq katta mehnat evaziga qo‘lga kiritiladigan energiya resurslarini tejash kerakligini tushuntiriladi. Zero, har bir inson energiyani tejamkorlik bilan sarf qilgan holda uni asrashga xizmat qilishi mumkin.

«Energiya tejamkorligi – bu juda dolzarb masala. Barchamiz tabiiy resurslarni asrashga xizmat qilmog‘imiz darkor. Energiyani tejayotganimizda, biz birinchi navbatda harajatlarni kamaytirib, byudjetga foyda keltiramiz. Bundan tashqari, bugun energiya resurslarini tejash uni kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi», – dedi Angren shahridagi 40-MTM direktori Nodira Nabieva.