September 27, 2021

ERIELL Group: VQM servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitish

🇺🇿 Ishlab chiqarishda xodimlarni davriy ravishda o‘qitib borish xatolar sonini kamaytirish, bozorda muvaffaqiyatli odimlash va sifatli servis taqdim etish imkonini berishi barchaga ma'lum. Xodimlarni o‘qitish jarayoniga oqilona yondashish zarur.

Qarshi shahridagi Beshkent IChTB VQM va Yass ta'mirlash sexida mutaxassislar uchun navbatdagi o‘quv kurslari tashkil etildi.

LNK boshlig‘i Krapivin Aleksey Pavlovich, «PF Sokol» MChJ kompaniyasi ijara bo‘limi muhandisi Vlasov Yegor Olegovich ular bilan o‘z tajribasini o‘rtoqlashdi. Ular tomonidan VQM servis xizmati, shuningdek nuqsonlarni nazorat qilish usuli va magnit-kukunli nazorat stendi bilan ishlash bo‘yicha ikki haftali o‘quv kurslari olib borildi.

O‘qitish yakunlari bo‘yicha vintli zaboy dvigatellari bilan ishlashda xatarlarni kamaytirish imkonini beruvchi nazoratning yangi usuli o‘zlashtirildi. Mashg‘ulotlar davomida VQM sexi mutaxassislari va xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, yangi ma'lumotlarni qo‘lga kiritib, eskilarini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.