August 30, 2021

ERIELL Group: burg‘ulash eritmalari bo‘yicha muhandislarni o‘qitish 

Kasbga doir chuqur bilimlarga ega bo‘lish va ERIELL Group Burg‘ulash eritmalari xizmati muhandislarining malaka darajasini oshirish maqsadida Loyiha boshqarmasi departamenti bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursi Kompaniyaning Qarshi shahridagi ofisida o‘tkazildi. Unda neft' va gaz tarmog‘idagi ta'lim sohasida katta, shuningdek dala ishlari bo‘yicha salmoqli tajribaga ega IDT xalqaro trening kompaniyasi o‘qituvchisi ma'ruza qildi.

Trening quduqlarni burg‘ulash vaqtida yuvish suyuqliklari bilan ishlash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. U tuproq kimyosi, quduq qurish vaqtida asoratlar bilan kurashish usullari, murakkab matematik hisob-kitoblar, uglevodorod asosidagi eritmalar va boshqa mavzularni o‘z ichiga oldi.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilar sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Mutaxassislar ishlab chiqarishdan uzilmagan holda o‘z bilimini oshirdi. Hozirgi vaqtda BEX tinglovchilarning ikkinchi oqimini o‘qitish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.