ERIELL Group: burg‘ulash eritmasi asoslarini o‘rganishning ikkinchi oqimi
🇺🇿 Burg‘ulash eritmalari xizmati O‘zbekistonning ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlaridan yosh mutaxassislar, shuningdek boshqa yo‘nalishlarning analitik fikrlash qobiliyatiga ega intiluvchan, tashabbuskor, g‘ayratli, zukko yosh mutaxassislarni o‘qitishga jalb qilishda davom etmoqda.
Ikkinchi oqimni qabul qilish va o‘qitish ERIELL Groupning Qarshi shahridagi ishlab chiqarish bazasida amalga oshirilmoqda. O‘qitishning ikkinchi oqimini yo‘lga qo‘yishga turli sabablarga ko‘ra avvalgi mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmaganlarning ko‘p sonli murojaatlaridan so‘ng qaror qilindi.
Burg‘ulash eritmalari xizmati tashqaridan o‘qitadigan tashkilotlarni jalb qilmasdan, o‘z kuchi bilan burg‘ulash eritmalari bo‘yicha boshlang‘ich nazariy o‘quv kursini o‘tkazmoqda.
Burg‘ulash eritmalari xizmati mutaxassislari ish kuni nihoyasiga yetgach, o‘quv kursi davomida tinglovchilarga yetkazish va posle rabochego dnya tushuntirish uchun mustaqil ravishda ma'ruza materialini tayyorlamoqda.
Birinchi oqim natijalarini tahlil qilgan holda mutaxassislar ma'ruzalarga qator o‘zgarishlar kiritdi. Endilikda talabalar bevosita burg‘ulash ob'ektiga tashrif buyurib, ish jarayoni bilan tanishgach, nazariy ta'lim davomida ma'ruzachiga amaliyot davomida yuzaga kelgan savollarni berishlari mumkin.
O‘quv jarayoni ishlab chiqarish jarayoniga ziyon yetkazmayotgani va uni to‘xtatmayotganini qayd etish joiz.
O‘quv kursi yakunida stajer-mutaxassislar bevosita burg‘ulash ob'ektlariga yuborilib, u yerda ular uchun ustoz vazifasini o‘taydigan o‘z ishining ustasi bo‘lgan yetakchi muhandislarga biriktiriladi.