ERIELL Group: madaniy merosni asrash yo‘lida
🇺🇿 Joriy yilning 13-21 sentyabr' kunlari Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida Madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida shuningdek O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining "O‘zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori" mavzusidagi V Kongressi bo‘lib o‘tadi.
ERIELL Group jahon madaniyati uchun qadr-qiymatga ega ob'ektlarni saqlash va asrab-avaylash tarafdori. Ko‘p yillar davomida madaniy merosni asrashga doir g‘oyalar va tadbirlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan kompaniyalar guruhi mazkur yirik va O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadigan tadbirga homiylik qildi.
Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati, O‘zbekiston elektron OAV milliy assosiasiyasi tomonidan UNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi ko‘magida tashkil etilgan.
Kongressda O‘zbekiston va dunyoning 46 ta mamlakatidan 350 nafardan ziyod olimlar va ekspertlar ishtirok etadi. Ular orasida yetakchi sharqshunoslar, qur'onshunoslar, tadqiqotchilar, qo‘lyozma va miniatyuralar bo‘yicha mutaxassislar va boshqalar ham bor.
Madaniy meros haftaligi doirasida "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumiga kiruvchi mamlakatning dunyo va milliy kolleksiyalardagi san'at durdonalariga bag‘ishlangan 50 ta nodir kitob-al'bomi taqdimoti o‘tkaziladi.
Madaniyat haftaligi davomida o‘ndan ziyod ko‘rgazma tashkil etiladi. Xususan, " K. Behzod miniatyuralari» fotoko‘rgazmasi, J.Usmonovning "Mushohada metafizikasi. A. Navoiy she'riyati asosida" nomli suratlar ko‘rgazmasi va mul'timediya loyihasi, arxeolog, O‘rta Osiyo madaniyati tadqiqotchisi Leon Semyonovich Barshevskiyning fotoko‘rgazmasi, «O‘zbekistonning 100 ta eng mashhur qo‘lyozmalari» ko‘rgazmasi va faksimilining sinov soni taqdimoti, «O‘zbekiston tarixi suratlarda – moziyga nazar», «3amonaviy ilm-fanda 3D- texnologiyalar" fotoko‘rgazmalari, Shahrisabz va Samarqand yodgorliklari bo‘ylab virtual sayohat, Rishton kulolchilik namunalari ko‘rgazmasi shular jumlasidan.
Kongress yakunida Butunjahon jamiyati a'zolarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga murojaati va yakuniy rezolyusiya qabul qilinadi.