ERIELL Group mutaxassislari tomonidan quduqlarni obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda
🇺🇿 ERIELL Group tomonidan «O‘zbekneftegaz» AJ tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda "2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" loyihasi doirasida konlarni obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Neft' va gaz infratuzilmalarini obodonlashtirish bo‘yicha Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Shimoliy Muborak" konidan «Shumak» UPPGgacha diametri 219x10 mm bo‘lgan gaz quvuri qurilishi" ob'ektining uzunligi 0,709 km bo‘lgan EKH vositalari (VL qurilishi)ning elektr ta'minoti bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi. EKH vositalariga shuningdek mazkur konning 57-sonli qudug‘i ham ulandi.
Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Shimoliy Muborak" konidan "Shumak" UPPGgacha diametri 219x10 mm bo‘lgan gaz quvuri EKH vositalariga ulandi.
Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Uzunshor» konidan «Janubiy Tegirmon» — «Somontepa» SP-2 gaz quvurigacha diametri 168x9 mm bo‘lgan gaz quvuri qurilishi" ob'ektining inspektorlik avtoyo‘li qurilishi yakunlandi.
Buxoro viloyatidagi Gazli neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tegishli «Doyaxotin» konida 89-sonli quduqni obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Mazkur loyiha doirasidagi ishlar ERIELL Group va «O‘zbekneftegaz» AJning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari bilan davom ettirilmoqda.