September 20, 2021

ERIELL Group: qiya yo‘naltirilgan burg‘ulash bo‘yicha o‘qitish

Qiya yo‘naltirilgan quduqlarni burg‘ulash zarurati kun sayin nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki butun dunyoda ham ortib bormoqda. Raqobatbardoshlikni saqlash maqsadida QYB xizmati o‘z mutaxassislarini muttasil o‘qitib bormoqda.

Shu tariqa, Qarshi shahrida APS SureShot telemetrik uskunasi imkoniyatlarini chuqur o‘rganish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursida QYB xizmatining 12 nafar xodimi ishtirok etdi. Unda APS Technology dala ishlari bo‘yicha supervayzeri, telemetrik uskunada, jumladan Yaqin Sharqdagi xalqaro loyihalarda ishlash bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega Yevgeniy Kravsov ma'ruza qildi. O‘qitish doirasida nazariy va amaliy masalalar o‘rganildi, bu borada xalqaro loyihalarda qo‘llaniladigan tajriba o‘zlashtirildi. Kurs yakunida QYB xizmati mutaxassislari QY burg‘ulash jarayoniga joriy etilayotgan foydali bilim va malakalarni qo‘lga kiritdi.