ERIELL Group sementlash bo'yicha o'quv kursini o'tkazadi
🇺🇿 Bugungi kunda xodimlarni o‘qitish ularning rivojlanishi, yangi bilimlarga ega bo‘lishi va malakalarni o‘zlashtirishning ajralmas qismi hisoblanadi. ERIELL Group Kompaniya xodimlarini doimiy ravishda o‘qishga jalb qilib, ularning professional jihatdan o‘sishi va malakasini oshirishiga ko‘maklashadi.
Bugungi kunda quduqlarni mustahkamlash bo‘limi mutaxassislari ERIELL o‘quv markazida «Sementlash asoslari» o‘quv kursini o‘tamoqda. Kurs mentori - «Intelekt-Razvitie-Texnologii» MChJ direktori va texnik instruktori Ryazanov Roman Nikolaevich. Ta'lim jarayoni 3 bosqichdan iborat.
Birinchi kurs davomida ERIELL Group xodimlari sementlashning boshlang‘ich texnologiyasi, ikkinchi kursda — laboratoriya bilan muhandislik ishlari, uchinchi kursda — sementlashda dolzarb texnologiyalar va hisob-kitoblar bo‘yicha o‘qitiladi.
O‘qitishning birinchi bosqichi bir hafta (40 soat), to‘liq kurs davomiyligi esa 3 hafta (120 soat) davom etadi. Kurs yakunida har bir ishtirokchiga malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tugatgani to‘g‘risida sertifikat topshiriladi.