ERIELL Group: sifatni yo‘qotmagan holda belgilangan muddatdan o‘zib ketish
🇺🇿 "2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" doirasida ERIELL Group mutaxassislari tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan "Dengizko‘l" konining 323NN qiya yo‘naltirilgan qudug‘i qurilishi yakunlandi. Bu Kompaniyalar guruhining o‘z kuchi bilan hech qanday favqulodda holatsiz burg‘ulangan ilk quduq hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘z ishiga mas'uliyat va hamjihatlik bilan yondashgan burg‘ulash brigadasi uni ishlashni rejadagi muddatdan 13 kun oldin yakunladi. Quduq konstruksiyasi murakkab edi: tuzli va sermahsul gorizontlarni yopish uchun ikkita xvostovik-ustun tushirishga to‘g‘ri keldi. Quduq debiti 16 mm lik shtuserda sutkasiga 95,912 ming m3ni, uning chuqurligi esa 2805 metrni tashkil etdi.
Mazkur loyiha doirasidagi ishlar ERIELL Group va "O‘zbekneftgaz" AJning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari bilan davom ettirilmoqda.