ERIELL Group tomonidan JIZZAKH PETROLEUM loyihasi quduqlari obodonlashtirilmoqda
🇺🇿 «JIZZAKH PETROLEUM MChJ QX gaztransport tizimi qurilishi» loyihasi ijrosi doirasida ERIELL Group mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi «Matonat» konining uchta kirish iplari bloki qurilib, 1- va 5-sonli quduqlari ishga tushirildi. 1-sonli quduqqa diametri 108x8 mm va uzunligi 1000 pm bo‘lgan, 5-sonli quduqqa esa diametri 108x8 mm va uzunligi 1900 pm bo‘lgan shleyfli gaz quvurlari qurilishi amalga oshirildi.
Shuningdek mazkur loyiha bo‘yicha Qashqadaryo viloyatidagi "G‘arbiy Kruk" konining uchta qudug‘i uchun kirish iplari bloki qurilib, 7- va 16-sonli quduqlar ishga tushirildi. 7-sonli quduqqa diametri 89x6 mm va uzunligi 2770 pm, 16-sonli quduqqa diametri 89x6 mm va uzunligi 550 pm bo‘lgan shleyfli gaz quvurlari qurilishi amalga oshirildi.
Shu bilan birga mazkur konda diametri 168x6 mm va umumiy uzunligi 9,4 km bo‘lgan «Matonat» KIB - «G‘arbiy Kruk» KIB kollektor gaz quvuri ishga tushirildi.