November 23, 2021

ERIELL Group tomonidan «O‘zbekneft'gaz» AJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi neft' va gaz infratuzilmalarini obodonlashtirish…

🇺🇿 «2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» doirasida ERIELL Group tomonidan «O‘zbekneft'gaz» AJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi neft' va gaz infratuzilmalarini obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi "Sho‘rtan" konining 345-sonli koni ishga tushirildi. Diametri 108x8 mm va umumiy uzunligi 165 pm bo‘lgan shleyfli gaz quvuri qurildi.

"Shimoliy Muborak" konining 56-sonli qudug‘i elektr kimyo himoya (EKH) vositalariga ulandi.

Quyidagi ob'ektlarning EKH vositalarining elektr ta'minoti (VL qurilishi) ishlari yakunlandi: Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi (NGQChB) «Istmoq» GSPdan «SP-5 - G‘arbiy Sabo» gaz quvurining uzunligi 3,4 kmlik gaz quvuri qurilishi" va Sho‘rtan NGQChB «Sho‘rtan» SP-24 dan «Sho‘rtan» UPPG-2 gacha uzunligi 0,25 km bo‘lgan gaz quvuri qurilishi".

Muborak NGQChB "Janubiy Muborak" konining 10-sonli va "Zevardi" konining 314-sonli quduqlarini obodonlashtirish ishlari yakunlandi.

Sho‘rtan NGQChB "Sovligar" konining 10OE-sonli va "Sho‘rtan" konining 333-sonli quduqlari EKH vositalariga ulandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ustyurt GQChB "Shimoliy Berdaq" konining 88-, 89-, 98-, 99-sonli quduqlari EKH vositalariga ulandi.

Shuningdek Ustyurt GQChB «Sharqiy Berdaq» GSP-2 dan «Arslon» - «Sharqiy Berdaq» UKPGgacha bo‘lgan gaz quvuri EKH vositalariga ulandi.