October 22, 2021

ERIELL Group transport xizmati uchun futbol turniri

🇺🇿 ERIELL Groupning ko‘plab xodimlari sportga qiziqadi va sog‘lom hayot tarzi qoidalariga amal qiladi. Sport nafaqat jismonan va ruhan tetik bo‘lishga yordam beradi, balki ish kunidan so‘ng o‘ziga xos tarzda xordiq chiqarishga xizmat qiladi.

Kompaniyalar guruhi doimo o‘z xodimlarining sport tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va turli musobaqalar o‘tkazib turadi. Shu tariqa, joriy yilning 16 oktyabr' kuni Surxondaryo viloyatidagi «Boysun GQIZ» loyihasi bazasida ERIELL Group transport xizmatlari xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnirning birinchi turi bo‘lib o‘tdi. Turnirda Buxoro, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan 8 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Turnir transport kompaniyasi direktori Ismati Daler Sayfullozod tashabbusiga ko‘ra tashkil etildi.

Ikkinchi tur musobaqalari joriy yilning 23 oktyabr' kuni UzGTL zavodi hududida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, pley-offga chiqadigan jamoalar aniqlanadi.

Saralash bosqichi finali joriy yilning 31 oktyabr' kuni Qarshi mintaqaviy boshqarmasi bazasi maydonida bo‘lib o‘tadi, uning yakunida barcha ishtirokchilar uchun bayram konserti tashkil etiladi.