October 25, 2021

ERIELL Group transport xizmatlari xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha ikkinchi saralash bosqichi nihoyasiga yetdi.

🇺🇿 Joriy yilning 23 oktyabr' kuni UzGTL zavodi hududida ERIELL Group transport xizmatlari xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha ikkinchi saralash bosqichi nihoyasiga yetdi. Mazkur turnirda Buxoro, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan 8 ta jamoa ishtirok etdi.

Guruh bosqichlari yakunlariga ko‘ra A guruhidan Surxondaryo va Qashqadaryo Transport boshqarmalari, shuningdek UzGTL №1 chiqdi. B guruhidan esa keyingi futbol musobaqalariga Boysun GPZ va UzGTL №2 jamoalari tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Pley-offga chiqqan jamoalar o‘yinlari 30-31 oktyabr' kunlari ERIELLning QMB bazasida bo‘lib o‘tadi.