ERIELL Group va «O‘zbekneftgaz» AJning hamkorlikdagi ishlari
🇺🇿 «2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» ijrosi doirasida ERIELL Group mutaxassislari tomonidan qator ob'ektlarda quduqlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Shumak» konining 10-sonli qudug‘i va 214, 215, 216, 217 «Alon» konining 214, 215, 216, 217-sonli konlari elektr kimyo himoya (EKH) vositalariga ulandi.
Buxoro viloyatidagi Gazli neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Sho‘rqum» konining 10-sonli baholash-ekspluatasiya qudug‘i ishga tushirildi.
Quduq 27 sutka oldin va barcha talablarga muvofiq burg‘ulandi. Hozirgi vaqtda uni ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
EKH vositalarining elektr ta'minoti (yuqori kuchlanishli liniya qurilishi) va Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasining "Shumak" UPPG dan MGPZ gacha uzunligi 3,7 km va diametri 219x10 mm bo‘lgan gaz quvuri qurilishi" ob'ektini EKHga ulash ishlari yakunlandi.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘istonning Ustyurt mintaqasida «Sharqiy Berdaq» konining №65NN qudug‘i qurilishi yakunlandi. Uning debiti 10 mm lik shtuserda sutkasiga 138,638 ming m3ni tashkil qildi. Ta'kidlash joizki, burg‘ulash murakkab geologik sharoitlarda o‘tkazildi, biroq Kompaniyalar guruhi ishlarni favqulodda hodisalarsiz amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Loyiha doirasidagi ishlar ERIELL Group va «O‘zbekneftgaz»ning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari bilan davom ettirilmoqda.