ERIELL Group xodimlari Avtomobilchilar kunini keng nishonladi
🇺🇿 An'anaga ko‘ra, oktyabr' oyining so‘nggi yakshanbasida Avtomobilchilar kunini nishonlash odat tusiga kirgan. ERIELL Group xodimlari ham bu sanani nishonlashdan chetda qolmadi va uni ob'ektlardagi qator tadbirlar bilan nishonladi.
Avtomobillar hayotimizdan mustahkam joy olganiga ancha bo‘lgan, har yili avtomobillar soni ortib bormoqda. Avtomobillar tufayli odamlarda katta masofalarni tezroq zabt etish, dunyoning eng chekka burchaklariga ham yetib borish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan avtomobil' transportiga xizmat ko‘rsatuvchi kasblar soni ham ortib bormoqda.
Avtomobilchilar kuni — nafaqat haydovchilar, balki chilangarlar, barcha ta'mirchilar, shuningdek avtotransport korxonalari rahbarlari kuni hamdir.
ERIELL Groupdagi har bir xodim kasbi va faoliyat turidan qat'iy nazar nafaqat rahbariyat, balki hamkasblari o‘rtasida ham qadr-qimmat va hurmatga ega. Shu tariqa Avtomobilchilar kuni munosabati bilan ayrim ob'ektlarda tantanali tadbirlar o‘tkazildi.
Qarshida Avtomobilchilar kuniga bag‘ishlangan mini-futbol bo‘yicha turnir nihoyasiga yetdi. Musobaqada ERIELL Group transport xizmatlari xodimlari ishtirok etdi. Turnirda Buxoro, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan 8 ta jamoa bellashdi. Turnir tashabbuskori transport kompaniyasi direktori Ismati Daler Sayfullozod bo‘ldi.
O‘yin yakunlari bo‘yicha «Transport Boysun GPZ» jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Keskin bellashuvda ikkinchi o‘rin Uz GTL1 jamoasi futbolchilariga nasib etdi. Jamoalar ichida Qashqadaryo va Surxondaryo transport boshqarmalari terma jamoasi mutloq g‘olib bo‘ldi.
«Bugun Qarshida yigitlar yuksak professionallik va jamoa ruhini namoyish qildi. Barcha jamoalarga ishtirok uchun minnatdorlik bildirib, munosib ravishda yarim finalga chiqqan jamoalarni tabriklayman», — dedi Ismati Daler Sayfullozod. Mintaqaviy turnir g‘oliblari sovrinlar bilan taqdirlandi.
Respublika miqyosidagi g‘olib Toshkentda bo‘lib o‘tadigan final o‘yinlarida aniqlanadi. Jamoalap transport kompaniyasi sovrini uchun kurash olib boradi.
Bayram tadbirlari shuningdek Qo‘ng‘irot, Samarqand, Tebinbuloq, Qorako‘ldagi bazalar, ob'ektlar, korxonalarda ham bo‘lib o‘tdi.
Noviy Urengoy filialida ham Kompaniyalar guruhi haydovchilari tarkibini sharaflash marosimi bo‘lib o‘tdi. Filial direktori Ikrom Usmonovich Yusupov sobo otmetil avtotransport sexining kompaniya rivoji, uning imidjini yuksak darajada ushlashga qo‘shgan hissasini e'tirof etdi.
Alohida haydovchilar yuksak darajadagi professionalligi, mas'uliyati, qat'iy ishonchi, o‘z ishiga sodiqligi uchun minnatdorlik xatlari va yorliqlari bilan taqdirlandi. ATS rahbariyati ham haydovchilarning ko‘p yillik mehnati, avariyasiz faoliyati, o‘z kasbiga sadoqatini e'tirof etdi.
«Birinchi navbatda Kompaniyamiz transport xizmatlarining barcha xodimlarini kasb bayrami — Avtomobilchilar kuni bilan qutlayman! Ularga ish faoliyatida ulkan muvaqqiyatlar, oilaviy baxt, totuvlik va mustahkam sog‘liq tilayman.