September 20, 2021

ERIELL Group xodimlari SKY CAMP BO'STONLIQ festivalida

🇺🇿 O‘tgan dam olish kunlari Toshkent viloyatida O‘zbekistonda ilk bor Samarkand Half Marathon tomonidan tashkil etilgan sport va musiqa autdor-festivali bo‘lib o‘tdi. U to‘rt mavsumga mo‘ljallangan Amirsoy tog‘ kurorti va Chorvoq Oromgohi dam olish maskanida o‘tkazildi. Tadbirni bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi. Festival' Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi, Turizm va sport vazirligi, shuningdek Bo‘stonliq tumani hokimiyati tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda ERIELL Group xodimlari — MTT Departamenti direktori o‘rinbosari Jamol Nosirov va Marketing bo‘limi boshlig‘i Ilhom Nosirovlar ishtirok etdi.

Hamkasblarimiz Chorvoq suv ombori hududida - Chorvoq GES to‘g‘onidan Chorvoq Oromgohi dam olish maskanigacha bo‘lgan tog‘ aylanma yo‘li bo‘ylab havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan 11 kilometrlik masofaga shosse velopoygasida ishtirok etdi. Start guruhlararo berildi. Balandliklar farqi: 477 m, qiyalikning o‘rtacha gradienti: 6.5% (ayrim hududlarda 11%gacha).

SKY CAMP BO’STONLIQ — tog‘lar va faol hayot tarzini xush kuruvchilarni birlashtiruvchi yorqin sport tadbiridir.