ERIELL Group xodimlari barcha ob'ektlardagi saylovlarda ishtirok etadi
🇺🇿 Muhim hokimiyat organlari saylovi har bir davlat va jamiyat demokratik taraqqiyot yo‘lining yorqin ko‘rsatkichlaridan biridir. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida xalqning xohish-irodasi hukumat hokimiyatining asosini tashkil etishi lozim deb mustahkamlab qo‘yilgan. Bu xohish-iroda yashirin ovoz berish yo‘li yoki ovoz berish erkinligini ta'minlovchi unga teng boshqa shakllar orqali umumiy va teng saylov huquqi asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan davriy va soxtalashtirilmagan saylovlarda ifoda etiladi.
O‘zbekistonda saylovlar orqali davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining salmoqli ulushi shakllantiriladi. Bularning barchasi saylovlar institutining mamlakatimizning demokratik boshqaruv tizimidagi alohida roli haqida so‘z yuritish imkonini beradi.
ERIELL Group tomonidan chet eldagi xodimlar o‘z xohish-irodasini ifoda etishi va konstitusiyaviy huquqidan foydalanishi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Shu tariqa, 16 oktyabr' kuni «Eriell Neftegazservis»ning Noviy Urengoy filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muddatdan oldin ovoz berish tashkil etildi.
«Kompaniyalar guruhi uchun unda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqlarini ro‘yobga chiqarish va ularga o‘z fuqarolik burchini ado etishda ko‘maklashish muhim. Saylov barcha reglamentlarga rioya qilgan holda, «Eriell Neftegazservis» va O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulligi tomonidan kompaniyaning Yekaterinburgdagi Noviy Urengoy filiali hududida yaratilgan xavfsiz va qulay sharoitlarda o‘tkazildi», — dedi ERIELL Groupning Noviy Urengoy filiali direktori Ikrom Yusupov.
Prezident saylovlari — bu mamlakat va xalq hayotidagi muhim siyosiy voqea hisoblanadi, shuning uchun O‘zbekiston fuqarolari uchun unda ishtirok etish imkoniyatini ta'minlash juda muhim.
" ERIELL Group rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Bosh konsulligi, shuningdek Noviy Urengoy ma'muriyati rahbariyatiga mamlakatimiz kelajagini belgilash bo‘yicha konstitusiyaviy huquqimizni ro‘yobga chiqarish - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz», — dedi «Eriell Neftegazservis»ning Noviy Urengoy filiali bosh energetiki Yevgeniy Mamatkazin.
Kompaniyalar guruhi xodimlari barcha ob'ektlarda o‘tkazilayotgan saylovlarning butun mas'uliyati va muhimligini yaxshi anglaydi, shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylashda o‘z xohish-irodasini faol ifoda etmoqda.