August 26, 2021

ERIELL Group: xorijda ta'lim olish imkoniyatlari

Kompaniyalar guruhi rahbariyati o'z xodimlari va ularning farzandlari uchun ta'lim dasturlarini qo'llab-quvvatlash an'anasini davom ettirmoqda.  Kompaniya o'z xodimlarining farzandlari uchun Italiyadagi Udine universitetida ta'lim olish va ularni keyinchalik o'z korxonalarida ishga joylashtirish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Gaz-kimyo va metallurgiya mutaxassislari bo'yicha ta'lim olish uchun tanlov quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bo'lib o'tmoqda:

1. Bakalavriat: o'qish vaqti 3 yil, ma'ruzalar italyan tilida, seminarlar esa ingliz va italyan tillarida olib boriladi.

2. Magistratura: o'qish vaqti 2 yil, ma'ruzalar va seminarlar ingliz yoki italyan tillarida.

3. Professional magistrlik sertifikati: o'qish vaqti 1 yil, ma'ruzalar va seminarlar ingliz yoki italyan tillarida.

Test sinovlaridan so'ng yuqori akademik natijalarga erishgan, biroq italyan tilini tegishli darajada bilmaydigan nomzodlarga qo'shimcha kelishuvga muvofiq italyan tiliga o'qitish bo'yicha bir yillik ta'lim taqdim etilishi mumkin.

Tanlov quyidagi mezonlar bo'yicha bo'lib o'tadi:

Ta'lim darajasi:

- bakalavriat uchun – to'liq o'rta ma'lumot;

- magistratura uchun – bakalavr darajasi;

- professional sertifikat uchun – bakalavra va/yoki magistr darajasi.

Yuqori akademik o'zlashtirish ko'rsatkichi.

Ingliz tilini bilish (upper-intermediate darajasidan past bo'lmasligi lozim) yoki italyan tilining tasdiqlangan darajasi CEFR klassifikasiyasi bo'yicha V2 bo'lishi lozim.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tganlar Italiyadagi Udine universitetida o'qish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Tanlov shartlari bilan batafsil korporativ pochtadagi xabarda tanishishingiz mumkin. Kompaniyalar guruhi rahbariyati yosh mutaxassislar o'qishni muvaffaqiyatli tamomlab, kompaniyalar guruhi O'zbekistondagi ob'ektlarida o'z mehnat faoliyatini davom ettirishi va bu bilan oilasiga faxr tuyg'usi bag'ishlashiga, ular orttirgan bilim va malakalar esa mamlakat rivojiga munosib hissa qo'shishiga ishonchi komil.