ERIELL Groupning loyihalardagi ishlari natijalar
🇺🇿 ERIELL Group mutaxassislari loyihalarda faol mehnat qilib, quduqlarni qurish va kapital ta'mirlash xizmatlarini taqdim etmoqda. Yuqori malaka va zamonaviy asbob-uskunalar muntazam ravishda salmoqli natijalarga erishish imkonini bermoqda.
«2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» loyihasi bo‘yicha neft' va gaz infratuzilmalarini obodonlashtirish bilan bog‘liq joriy faoliyatda Qoraqalpog‘istonda Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Sharqiy Berdaq" konining 66NN-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 108x6 mm va umumiy uzunligi 270 pm bo‘lgan shleyfli gaz quvuri qurilishi amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Alon" konining 206, 208, 209, 210, 301NN-sonli quduqlari EKH vositalariga ulandi.
"Alon" konining BVN-4 dan DKS-2 gacha bo‘lgan diametri 530x10 mm lik gaz quvuri va BVN-2 dan DKS-2 gacha diametri 426x10 mm lik gaz quvuri EKH vositalariga ulandi.
Shu bilan birga «2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» loyihasi doirasida "Sho‘rqum" konining 10 OE-sonli baholash-ekspluatasiya qudug‘i qurilishi yakunlandi. Quduq muddatidan 27 sutka oldin burg‘ulanib, buyurtmachi — «O‘zbekneft'gaz» AJga topshirildi. Quduqni ulash ishlari boshlab yuborildi.
«Gaz-transport tizimi qurilishi» loyihasi ijrosi doirasida Jizzakh Petroleum MChJ QX tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi "G‘arbiy Kruk" konida 21-sonli quduq ishga tushirildi. Quduqqa diametri 89x6 mm va uzunligi 966 pm bo‘lgan shleyfli gaz quvurlari qurilishi amalga oshirildi.