ERIELL Groupning xalqaro loyihalari: Bangladesh
ERIELL Group loyihalari faqat O‘zbekiston, Iroq va Rossiya Federatsiyasi mintaqalari bilan cheklanmaydi. Kompaniyalar guruhining «Xalqaro loyihalar» MBB xorijiy mamlakatlarda ishlash bo‘yicha ulkan tajribaga ega. Xususan, ERIELL Group xodimlari Bangladesh Respublikasida 2012 yildan beri Gazprom EP International Investments B.V bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Bu vaqt ichida bu mamlakatning turli provinsiyalari va konlarida 17 ta razvedka konlari qurilib, tayyor holda foydalanishga tshirildi, yangi sermahsul qatlamlar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. 3550 metr chuqurlikdagi razvedka quduqlarini burg‘ulash va hali o‘rganilmagan yangi sermahsul gorizontlarni ochish aholi va ishlab chiqarish ob'ektlari gaz ta'minotida mustaqillikka erishish maqsadida Bangladesh neft' va gaz tarmog‘ining ustuvor vazifasi hisoblanadi.
ERIELL GROUP xalqaro servis yetakchisi bilan hamkorlikda «Titas», «Bakrabad», «Rashidpur», «Begumganj», «Shaxbazpur», «Bola» konlaridagi ko‘plab quduqlarni sifatli va aksar hollarda muddatidan oldin burg‘uladi. Geologik asoratlarga duch kelish, anomal darajadagi yuqori qatlam bosimi (800 atm.gacha)ga ega gorizontlarni ochish, yopishqoq qatlamlarga qaramay, Kompaniyalar guruhi mutaxassislari tomonidan loyiha chuqurliklariga yetgan va bir-biriga mos kelmaydigan qatlamlarni sifatli izolyasiya qilish bilan birga avariyasiz burg‘ulash amalga oshirildi. Ko‘plab razvedka tuzilmalarida o‘rtacha 400 – 500 ming kub. m sanoat gazi oqimi olindi. Yangi qatlamlarning muvaqqiyatli sinovdan o‘tkazilishi Bangladesh Respublikasi hukumati tomonidan ijobiy baholanib, ERIELL Group faoliyati Bosh buyurtmachi BAPEX va PETROBANGLA nomidan minnatdorlik xatlari bilan e'tirof etildi.
Ishning alohida murakkab shart-sharoitlari sifatida mamlakat ichidagi o‘ta murakkab logistikani qayd etish joiz. Tor yo‘llar, daryoning kechua joylari, tirband harakat yirik gabaritli va og‘ir yuklarni tashishda jiddiy to‘siq bo‘ldi. Biroq yo‘llarni kengaytirish va mustahkamlashga doir ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi, tashishlarning erta rejalashtirilganligi to‘siqlarni yengib o‘tish va ishlarni o‘z muddatida bajarish imkonini berdi.
Joriy yil iyun' oyining oxirida ERIELL Group tomonidan Bola orolida uchta razvedka quduqlarini burg‘ulashga doir navbatdagi bitim imzolandi. Kompaniyalar guruhi xodimlari mazkur mintaqada ikkita razvedka qudug‘i — «Sharqiy Shaxbazpur» №1 va «Shimoliy Bola» №1 quduqlarini burg‘ulash bo‘yicha tajribaga ega. Hozirgi vaqtda tayyorgarlik ishlari avjida, potensial pudratchilar jalb qilinmoqda, kelgusida ishlarni amalga oshirish uchun asosiy MTRlarni kontraktasiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shartnomaga ko‘ra, ilk quduqni burg‘ulash 2022 yilning may oyiga rejalashtirilmoqda.