December 9, 2021

ERIELL Guruhi likvidasiya qilingan quduqni muvaqqiyatli tarzda tikladi

🇺🇿 ERIELL Guruhi mutaxassislari tomonidan Sanoat Energetika Guruhi loyihasining "Rasulquduq" koni (Qashqadaryo viloyati) 1-sonli konini likvidasiyadan qaytarish operatsiyasi amalga oshirildi. Tadqiqot davomida qator parametrlarga ko‘ra norentabel deb topilgan quduq tadqiq qilib bo‘lingan vaqtdan so‘ng qayta foydalanishga topshirilishi mumkinligi aniqlandi.

Quduqlarni kapital ta'mirlash boshqarmasi eng murakkab amaliyotlardan biri — avval likvidasiya qilingan qilingan quduqni tiklashni amalga oshirdi. Quduq likvidasiyasi undan texnik yoki geologik sabablarga ko‘ra foydalana olmaslik sababli uning to‘liq hisobdan chiqarilishini anglatadi. Konservasiya qilib qo‘yilganlardan farqli o‘laroq likvidasiya qilingan quduqlarni tiklash quduq og‘zini qayta jihozlash, shuningdek eksplutasiyaviy ustun ichida qator murakkab ishlarni amalga oshirishni talab etadi.

Biroq, ERIELL Guruhi xodimlarining professionalligi bu vazifani udlalash imkonini berdi. "Rasulquduq" konining likvidasiya qilingan 1-sonli qudug‘ini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida debiti sutkasiga 180 ming m3 bo‘lgan sanoat gazi oqimi olindi.