ERIELL Guruhi quduqlarni obodonlashtirish ishlarini davom ettirmoqda
🇺🇿 "2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" ijrosi doirasida ERIELL Guruhi neft' va gaz infratuzilmalarini obodonlashtirish ishlarini davom ettirmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyatida Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Istmok" konining №№ 10-, 11-, 1 BIS-, 2 BIS-sonli quduqlari elektr kimyo himoyasi (EKH) vositalariga ulandi.
Buxoro viloyatida Gazli neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Savatli" konining №10-sonli, "Doyaxotin" konining №№ 86-, 96-sonli quduqlarini obodonlashtirish ishlari yakunlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Sharqiy Berdaq" konining SKV №№ 59-, 61NN-, 67NN-, 69NN-sonli quduqlari, "Qo‘yi Surgil" konining №№ 14-, 20-sonli quduqlari EKH vositalariga ulandi.
Bundan tashqari, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining
«Shimoliy Berdaq» GSP-5 dan «Arslan» — UKPG «Sharqiy Berdaq" GSPgacha uzunligi 6,045 km bo‘lgan gaz quvuri;
«Shimoliy Berdaq» GSP-1 dan «Arslan» — UKPG «Sharqiy Berdaq» GSPgacha uzunligi 0,27 km bo‘lgan gaz quvuri;
«Sharqiy Berdaq» GSP-1 dan «Arslan» — UKPG «Sharqiy Berdaq» GSPgacha uzunligi 1,055 km bo‘lgan gaz quvuri qurilishi yakunlanib, EKH vositalariga ulandi.
Loyiha doirasidagi ishlar ERIELL Guruhi va «O‘zbekneft'gaz» AJ xodimlarining sa'y-harakatlari bilan davom ettirilmoqda.