ERIELL Guruhi tomonidan Mudofaa vazirligining imkoniyati cheklangan faxriylari uchun xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
🇺🇿 Faxriylarimiz hozirgi tinch-totuv hayotimiz va barqaror kelajagimiz uchun o‘z sog‘ligini qurbon qilgan. Ular atrofdagilarning hozirgi e'tirofi va cheksiz g‘ururiga sazovor bo‘lgunga qadar chorasizlik, turli to‘siqlardan iborat uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Biroq, hozir ham ular oddiy odam hayotidagi oddiy hol deb qabul qiladigan ovqat tanovul qilish, nafas olish yoki harakatlanish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Har yili 3 dekabr' kuni butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni nishonlanadi. U mazkur toifadagi insonlar imkoniyatlari, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish, qadr-qimmati, huquqlari va farovonligini oshirish maqsadida ta'sis etilgan. Oddiy odamlar tabiat yoki hayot taqozosi bilan sog‘ligidan mahrum bo‘lganlar qanday yashashini tasavvur qilish mushkul. Imkoniyati cheklangan shaxslarning ham xuddi biz singari hayot tashvishlari va muammolari borligi, ular ham insonga xos bo‘lgan orzu-umidlar va intilishlarga ega ekanini yodda tutish lozim.
Xalqaro nogironlar kuni arafasida ERIELL Guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan faxriylar uchun xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Kompaniya vakillari idora xodimlari ishtirokida Toshkent shahridagi to‘rt nafar faxriyning holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasini taqdim etdi.
«Turmush o‘rtog‘imga surunkali glomerulonefrit tashxisi qo‘yilgan. Hech kim unga donorlik qilishga jur'at qilolmagandi: men doimo uning hayoti uchun qo‘rquv hissi bilan yashadim va afsuski, hatto menga ham uzoq vaqt unga buyragimni berishga ruxsat berishmadi. Vaqt o‘tib, biz buning uddasidan chiqdik va buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya amalga oshirilganiga ham bir yil bo‘ldi», — deydi 1 guruh nogironi, kapitan Xo‘jamov Zafar Zakirovichning rafiqasi Rasulova Nasira Sayfullaevna.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 780 mingdan ziyod imkoniyati cheklangan insonlar istiqomat qiladi. Ularning 8,5 foizini birinchi guruh nogironlari, 71 foizini ikkinchi guruh va 20,5 foizini uchinchi guruh nogironlari tashkil etadi. Nogironligi bor shaxslarning 97 ming nafarini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlar salmoqli ravishda qo‘llab-quvvatlanadi: ular texnik yoki boshqa vositalar, tibbiy va ijtimoiy reabilitasiya xizmatlari, shuningdek dori-darmonlar bilan ta'minlanadi. Shuningdek nogironlarning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
«Men suzish bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari a'zosi bo‘ldim. Hozirgi vaqtda «batterflyay» usulida yaxshi suzaman, sport zaliga qatnayman. Bizda faxriylar o‘rtasida chempionatlar o‘tkaziladi va bu tadbirlarga ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ruhlantirish va ilhom berish uchun kelaman», — dedi 2 guruh nogironi, polkovnik Nomozov Olimjon Isakovich.
Faxriylar yordamni mamnuniyat bilan qabul qildi hamda ko‘rsatilgan e'tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor qildi.