#ERIELLIste'dodlar
🇺🇿 Olimpiya maktabi kortlarida havaskorlar o‘rtasida «Panter Open» erkaklar juftlik turniri bo‘lib o‘tdi. Unda respublika bo‘yicha 32 ta eng kuchli juftlik ishtirok etdi. Musobaqada shuningdek Eriell Group xodimi Ilhom Ismatillaevich ham ishtirok etdi. 1/8 finaldan finalgacha borib, hamkasbimiz birinchi o‘rinni egalladi.
Ilhom Ismatillaevich turnirda ukrainalik sherigi Pyotr Zaxarchenko bilan ishtirok etdi. Tennisischilar guruh bosqichidan o‘tib, qizg‘in bellashuvda toshkentlik raqiblarini 7:5 hisobida mag‘lub etib, finalga yetib keldi.
G‘oliblar Tennis federatsiyasining medallari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ularni Obidov Samuk Kozimmovich topshirdi.
«His-tuyg‘ularga keladigan bo‘lsak, ularni so‘z bilan ifodalab berishga til ojiz, chunki men yil boshidan bu g‘alaba sari intilaman, har tong shug‘ullanib, bu turnirga tayyorgarlik ko‘rish oson kechmadi, albatta. Biroq, mehnatim zoe ketmadi, men birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldim. Bundan oldin 2018 yildagi juftlik turnirida oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan edim», - dedi turnir g‘olibi.
Aralash toifadagi keyingi yakuniy turnir joriy yilning 30-31 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Qahramonimiz agar sherik topilsa, unda albatta ishtirok etishini qayd etdi.
Ilhom Ismatillaevich shuningdek joriy yilning dekabr' oyida u jamoasi bilan birga O‘zbekiston nomidan Ostonada bo‘lib o‘tajak xalqaro turnirda, bahorda esa Antaliyada bo‘lib o‘tadigan Grand Slam Russian Open katta turnirida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Unda barcha MDH va Osiyo mamlakatlaridan eng yaxshi havaskor tennisischilar ishtirok etadi.
«Men sportsiz bir kun ham yashay olmayman, chunki u menga ishonch, kuch-g‘ayrat, rag‘bat beradi, yangi do‘stlar, tanishuvlar orttirishga yordam beradi va asosiysi sog‘lig‘imni mustahkamlaydi! Tennis shaxsan mening eng katta xobbiimdir», - deya o‘z so‘zini yakunladi Ilhom Ismatillaevich.