ERIELL Ladies
E'tiboringizga «ERIELL Ladies» ruknini havola etamiz. Unda Sizlarga ERIELL Groupning barcha xodimalari to‘g‘risida so‘zlab beramiz. Ularning har birining tarixi o‘ziga xos va alohida e'tiborga loyiq.
Bugungi qahramonimiz — "Rossiya" MBB, "O‘rta Osiyo" MBB xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Stella Vyacheslavovna Markelova.
U ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2011 yilda «ERIELL Neftegazservis» MChJ xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida boshlagan.
2012 yildan boshlab boshqarma boshlig‘i sifatida Stella Vyacheslavovna barcha xodimlarning samarali ishlash tizimini yaratish va takomillashtirish, kompaniya ichida kommunikasiyalar va xodimlarni adaptasiya qilish tizimini shakllantirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning majburiyatlariga shuningdek xodimlarni tanlash, baholash, o‘qitish, ularning kar'erasini rejalashtirish va rivojlantirish, shu bilan birga mehnatga haq to‘lash tizimini yaratish va o‘z vaqtida o‘zgartirish ham kiradi.
«Men uchun xodimlarning jamoada samarali ishlashini tashkil qilish, qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish muhim. Shuningdek, har bir xodimning ko‘ngliga yo‘l topa bilish ham zarur, chunki «insonlar - bu eng bebaho kapital».
Stella Vyacheslavovna Markelova ERIELL Group uning bilimini boyitish va tajribasini oshirish, oqil va professional hamkasblarimiz bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi, bu esa menda turli jamoalarda ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qildi. Kompaniya rahbariyati muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali xodimlarga o‘z qobiliyatini namoyon etish imkoniyatini taqdim etadi.
«Men uchun baxt — bu sevgan kasbim bilan shug‘ullanishdan zavq olish, yaqinlarim va do‘stlarim yonida bo‘lish, kelajagimiz davomchilari bo‘lgan farzandlarim va nabiralarimning kulib turgan ko‘zlarini ko‘rishdir».