August 11, 2021

#ERIELLLadies

E'tiboringizga «ERIELL Ladies» ruknini havola etamiz. Unda ERIELL Groupning barcha xodimalari to‘g‘risida so‘zlab beramiz. Ularning har birining tarixi o‘ziga xos va alohida e'tiborga molik.

Bugungi qahramonimiz —

Tavakkalchiliklarni sug‘urtalash boshqarmasi rahbari Nazarova Yekaterina Viktorovna.

Yekaterina 2013 yilda ERIELL boshqaruv kompaniyasiga sug‘urtalash bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga ishga qabul qilingan.

«Mening ishimda biznesga tavakkalchiliklarni minimallashtirishga yordam berish, kompaniyaning aktivlari (burg‘ulash qurilmalari, asbob-uskunalar, quduqlar)ning sifatli sug‘urta qilinishini tashkil qilish muhim. Xodimlar o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam yoki ishga layoqatsizlik bo‘yicha kompensasiya olishi mumkin bo‘lishi uchun ularni sug‘urta qilishga ham alohida e'tibor qaratiladi».

Kompaniyada ishlash davomida men nafaqat professional jihatdan rivojlandim, yangi malaka va bilimlarga ega bo‘ldim, balki o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan ajoyib insonlarni uchratdim, ular bilan ishlash va natijalarga erishish juda maroqli.

Qilayotgan ishingdan, kasbingdan qoniqish hissini tuyish, odamlar, biznes va hamkorlarga yordam berish, qizalog‘ing bilan sayr qilish va har bir kuningdan bahra olib yashash - eng katta baxt!»