August 18, 2021

ERIELL Ladies

Extiboringizga «ERIELL Ladies» ruknini havola etamiz. Unda Sizlarga ERIELL Groupning barcha xodimalari to‘g‘risida so‘zlab beramiz. Har birining tarixi o‘ziga xos va alohida e'tiborga molik.

Bugungi qahramonimiz — loyiha koordinatori Rodionova Oksana.

Oksana ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2010 yilda loyiha koordinatori lavozimida boshlagan. Uning majburiyatlariga kompaniya loyihalari bajarilishi va amalga oshirilishini tenderda yutishdan tortib shartnoma/loyihalar bo‘yicha barcha majburiyatlarni to‘liq bajarishgacha bo‘lgan jarayonlarni muvofiqlashtirish kiradi.

O‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida Oksana  ARAL SEA ikkita qidiruv-razvedka quduqlarini qurish ishlarini bajarish, Daewoo Energy Central Asia kompaniyasining operatorlik bloklarida ikkita qidiruv-razvedka quduqlarini qurish, Turkmaniston hududida eksplutasiyaviy quduqlarni qurish singari yirik loyihalar koordinatori bo‘lgan. Shuningdek, u Boka de Xaruko koni (Kuba Respublikasi)dagi KRS 6 bug‘ quyish quduqlarini qurish va Schlumberger& Halliburton servis kompaniyalari bo‘yicha Bangladesh loyihalariga koordinatorlik qilgan.

2017 yildan hozirgi vaqtga qadar u 2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida "O‘zbekneftgaz" AJ konlaridagi 296 va 185 eksplutasiyaviy quduqlarni qurish ishlarini bajarish bo‘yicha loyiha koordinatori hisoblanadi.

«Barcha loyihalar ancha murakkab, biroq juda qiziqarli. Har bir loyiha mening tajribamni yanada boyitdi. Bu menda tezkorlik va ko‘p vazifalilik rejimida ishlash, mustaqil qaror qabul qilish, ishda ustuvor vazifalarni belgilab olish qobiliyatini shakllantirdi. Qat'iyatlilik va stressga chidamlilik menga ishda doimo kerakli natijalarga erishishga yordam beruvchi asosiy shaxsiy fazilatlardir. Kompaniyadagi 11 yillik mehnat faoliyatim davomida men boy tajriba, ko‘ngli pok va doimo yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor hamkasblar va do‘stlar orttirdim».

Bunday mas'uliyatli ishning uddasidan chiqishda Oksanaga uning yuksak tashkilotchilik va boshqaruv ko‘nikmalari qo‘l keladi. Bundan tashqari, u juda ko‘ngilchan inson va jamoada ishlashni biladi. Biroq, u uchun ishda eng muhimi – bu erishilgan natijalardan bahramand bo‘lishdir.

«Barcha yaqinlarim va do‘stlarimning tirikligi va sog‘ligi men uchun ulkan baxtdir».