ERIELL Ladies
Extiboringizga «ERIELL Ladies» ruknini havola etamiz. Unda biz ERIELL Groupning barcha xodimalari to‘g‘risida so‘zlab beramiz. Ularning har birining tarixi o‘ziga xos va alohida e'tiborga molik.
Bugungi qahramonimiz — geolog Kudryasheva Mariya Alekseevna.
Mariya Alekseevna ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2018 yilda boshlagan. Geolog sifatida uning majburiyatlariga burg‘ulash qurilmalari balansi tahlili va monitoringi, O‘zbekistondagi mavjud neft' va gaz konlari salohiyatini baholash kiradi. Bundan tashqari, Mariya ma'lumotlarni qayta ishlash va ularni Kompaniya rahbariyatiga taqdim etish uchun "O‘rta Osiyo" MBB tarmoqlaridan olingan qayta ishlanayotgan ma'lumotlarni baholaydi va ularga tuzatish kiritadi.
«Mening ishimda eng muhimi - Naibolee vajno v moey rabote nafaqat burg‘ulash, balki QKT, YoUK va quduqlarni o‘zlashtirish bosqichida yuzaga kelgan har bir vaziyatni aniq va atroflicha tushunishdir», — deydi qahramonimiz.
«Kompaniyadagi faoliyatim davomida men katta ish tajribasi, professional bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga doir masalalarni tezkorlik bilan hal qilishni o‘rgandim. Neft' va gaz tarmog‘iga oid qimmatli bilimlarni qo‘lga kiritish menga yuklatilgan majburiyatlarni sifatli bajarishning ajralmas qismi hisoblanadi».