September 2, 2021

ERIELL Ladies

Bizning bugungi qahramonimiz Yulianna Andreevna Bazilevich, MTT Departamenti bosh mutaxassisi, "O‘rta Osiyo" MBB ijrochi direktorining shaxsiy yordamchisi.

Yulianna Andreevna ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2014 yilda loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bo‘limi mutaxassisi lavozimida boshlagan. 2015 yildan 2020 yilga qadar axborot jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassis lavozimida ishlagan.

Yulianna Bazilevich mas'uliyatlilik va kasbga sadoqatni ishidagi eng muhim fazilat deb biladi.

«Kompaniyada ishlash menda muloqotga kirishuvchanlik, mas'uliyatlilik, o‘zini o‘zi nazorat qilish singari fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi. Bizning jamoada ochiqko‘ngil bo‘lish, bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun maslahat berish va muammolarni tezkorlik bilan hal qilish odat tusiga kirgan», — deydi Yulianna Andreevna.

Bugungi qahramonimiz uchun baxt atrofdagi odamlar yuzidagi tabassumdan iborat.