September 8, 2021

ERIELL Ladies

Bizning bugungi qahramonimiz — yurist Nataliya Vladimirovna.

Nataliya Baxramova ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2014 yilning may oyida boshlagan.

«O‘sha paytda men yirik kompaniyalarda yurist lavozimida ishlab, ko‘p yillik tajriba orttirgan edim. 2015 yilda Kompaniyamizda yurist vakansiyasi ochilganida, yurist sifatidagi faoliyatimni davom ettirish va rahbariyatga ularga kerakli xodim ekanimni isbotlash uchun orrtirilgan tajribamdan foydalandim», — deya qahramonimiz o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

in-house yuristi sifatida Nataliya Vladimirovnaning majburiyatlariga ko‘plab turli yo‘nalishdagi vazifalarni hal etish kiradi. Topshiriqlar soni esa aynan Kompaniyaning tadbirkorlik va boshqa faoliyatini huquqiy jihatdan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlashi zarur bo‘lgan inxausning roli bilan izohlanadi.

Yuristlik faoliyati davomida Nataliya Baxramova uchun eng muhimi o‘z kasbiga cheksiz muhabbatdir. U o‘zini butunlay ishga bag‘ishlagan holda fidokorona mehnat qilishni bilish, mustaqil ravishda qaror qabul qilish va o‘z ishining natijasi uchun javobgar bo‘lish naqadar muhim ekani to‘g‘risida tushuntirish berdi.

Eriell xodimasi kompaniyada ishlash unga juda boy va qimmatli tajriba berayotgani va nafaqat professional, balki shaxsiy fazilatlarni ham rivojlantirish imkoniyatini taqdim etayotganini qayd etdi.

«Eriell kompaniyasida ishlash menga nafaqat moddiy manfaat keltiradi, balki mamnuniyat, o‘zimning foydali ekanimni his qilish va kasbimdan qoniqish tuyg‘usini baxsh etadi. Men u bilan yashayman va o‘zimni kasbimga bag‘ishlaganman, — deydi Nataliya Vladimirovna.

Kompaniyadagi faoliyati davomida qahramonimiz inson omili va moliyaviy resurslardan minimal darajada foydalangan holda katta hajmdagi ishlarni bajarishga odatlangan. U bu shakllangan fazilat uning uchun ayniqsa juda qadrli ekanini ta'kidlab o‘tdi.

Nataliya Baxramovaning fikricha, baxt — uni har kuni jilmayishga va hayotdan zavq olishga undayotgan barcha narsalardir.