September 15, 2021

ERIELL Ladies

🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Abdullaeva Sayyora Mirazizovna.

Sayyora Mirazizovna kompaniyadagi mehnat faoliyatini 2014 yilda xodimlarni tanlab olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida boshlagan. 2015 yilda xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkaziladi, 2020 yilda esa ERIELL Group xodimasi XBIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.

Hozirgi vaqtda Sayera Abdullaevaning majburiyatlariga Toshkentdagi ofisning kadrlar xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkillashtirish, kadrlarni tanlab olish va joylashtirish, xodimlardan samarali foydalanish va ularning malakasini oshirish kiradi. Bundan tashqari, uning majburiyatlariga bo‘linmalar xodimlari uchun zarur mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish kiradi. Qahramonimiz shuningdek yosh mutaxassislarni kompaniyaning ishlab chiqarish ob'ektlariga ishga joylashtirish bilan ham shug‘ullanadi.

Sayyora Mirazizovna ta'kidlashicha, jamoaning ahilligi u uchun juda muhim.

«Men uchun Kompaniyaning barcha xodimlari xoh u bo‘lim bo‘lsin, xoh departament, bir ahil jamoa bo‘lib, Kompaniya farovonligi yo‘lida mehnat qilishi juda muhim. Nazarimda, bizning kuch-qudratimiz ham hamjihatlik va o‘zaro anglashuvda, zero har bir xodim katta mexanizmning muhim qismi hisoblanadi. Faqatgina o‘zaro hamkorlik orqali biz Kompaniya ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilishimiz mumkin», — dedi Sayyora Abdullaeva.

"Biz respublika miqyosida birinchilardan bo‘lib Mehnat vazirligiga tizimni bizning 1S ichki dasturimizga integratsiya qilish tashabbusi bilan murojaat qildik va bunga erishdik hamda shu yo‘l bilan Kompaniyaning moliyaviy harajatlari va inson resurslarini maqbullashtirishga muvaffaq bo‘ldik», — deya qayd etdi u.

ERIELLda ishlash davomida sohaga ixtisoslashgan ko‘plab oliy o‘quv muassasalari bilan buyurtmachi sifatida abiturientlarni talabalar safiga qabul qilish, OO‘Yuda o‘qish jarayonida ularning o‘zlashtirish darajasini monitoring qilishda ishtirok etish, keyinchalik talabalarning boy ish tajribasiga ega top-menejerlar va mutaxassislar bilan uchrashuvlarini tashkil qilish, ularning amaliyotini bevosita ishlab chiqarish ob'ektlarida o‘tkazish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalarida sheriklik munosabatlari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi. 2014 yildan boshlab yosh mutaxassislarni jalb qilish dasturi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarining 400 nafardan ziyod bitiruvchisi ishga joylashtirildi, ulardan aksariyat yosh mutaxassislar xizmat pillapoyasidan odimlab, tarkibiy bo‘linmalar rahbari lavozimigacha ko‘tarildi, deydi Sayyora Mirazizovna.

«Kompaniyada ishlash asnosida men professional jihatdan rivojlandim, tezkor qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini ta'minlash bo‘yicha katta tajriba orttirdim, o‘z ishining ustasi bo‘lgan ajoyib insonlar bilan tanishdim, albatta ular bilan ishlash va natijalarga erishish yoqimli»,— deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi qahramonimiz.

Baxt nima degan savolga Sayera Abdullaeva uning uchun baxt — bu musaffo osmon, xonadonidagi farovonlik, ishdagi muvaffaqiyatlar, o‘zaro anglashuv hamda yaqin insonlarning qo‘llab-quvvatlashi va sog‘ligidir, deb javob berdi.