September 22, 2021

ERIELL Ladies

🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Galieva Tat'yana Anatol'evna.

Tat'yana Anatol'evna ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2015 yil 10 avgustda xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimidan boshlagan. Uning lavozim majburiyatlariga Kompaniya, uning bo‘linmalari shaxsiy tarkibini dastlabki hisobga olish hujjatlarining umumiy shakllariga muvofiq hisobga olish kiradi. Bundan tashqari, qahramonimiz mehnat qonunchiligi, nizomlar va Kompaniya rahbari buyruqlari, shuningdek kadrlarga oid boshqa belgilangan hujjatlarga muvofiq xodimlarning ishga qabul qilinishi, boshqa ishga o‘tkazilishi va ishdan bo‘shatilishini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadi.

«Ishda eng muhimi — o‘z ishining ustasi bo‘lish, xodimlarga ularning muammolarini hal etishda yordam berish uchun yetarli imkoniyatlar, bilim va sabr-toqatga ega bo‘lish. Shu bilan birga, Rahbariyat farmoyishlarini tezkor va sifatli bajarish, rivojlanish imkoniyati va yangi tajribaga ega bo‘lish», — deydi Tat'yana Anatol'evna.

ERIELL kompaniyasida ishlash davomida ERIELL Group xodimasi boy tajriba orttirdi, professional bilimlari va darajasini oshirish va katta ish hajmi bilan ishlashni o‘rgandi. Tat'yana Anatol'evna ERIELL Groupda u ajoyib jamoa timsolida do‘stlar orttirib, ularga mehr qo‘ydi.

«2015 godu yilda men Kompaniyaga o‘z bilimlarim bilan keldim, aynan ERIELL kompaniyalar guruhida esa turli tarmoqlarga oid, jumladan xorijiy fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha boy tajriba orttirdim. Shu bilan bir qatorda, 1S dasturchilari bilan hamkorlikda YeNSTni integratsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli murakkab ishlarni ham qayd etishni istardim», — deya ta'kidladi Tat'yana Anatol'evna.

Qahramonimizning so‘zlariga ko‘ra, uning uchun baxt — bu har bir inson his qiladigan eng yoqimli tuyg‘ulardan biridir.

«Men uchun baxt — bu yaqinlarim va do‘stlarim salomatligi, oilamdagi tinchlik-farovonlik va ishdagi muvaffaqiyatlar», — deb o‘z so‘ziga yakun yasadi Tat'yana Anatol'evna.