October 6, 2021

ERIELL Ladies

🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — protokol bo‘limi mutaxassisi Shamsimuhamedova Iroda Valixanovna.

Iroda Valixanovna ERIELL Groupdagi faoliyatini 2013 yilda buxgalter lavozimida boshlagan. Hozirgi vaqtda qahramonimiz protokol bo‘limida mutaxassis bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

Uning majburiyatlariga 1C hujjat aylanmasi tizimida hujjatlarni ro‘yxatga olish, kelishish va imzolash jarayonini qo‘llab-quvvatlash kiradi, uning asosiy vazifasi esa shubhasiz nostandart vaziyatlarga aniq javob qaytarish va mas'uliyatli qaror qabul qilishdan iborat.

Iroda Shamsimuhamedovaning aytishicha, Kompaniyadagi faoliyati davomida u insonlar bilan muvaffaqiyatli o‘zaro aloqa qilish ko‘nikmasini shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi. U uchun ishda eng muhimi nima degan savolimizga qahramonimizdan - bu o‘zini namoyon qilish degan javobni oldik.

«Men o‘z ishining haqiqiy mutaxassislarini uchratish baxtiga muyassar bo‘lganimdan va ular bilan ishlab katta tajriba orttirganimdan faxrlanaman».

Iroda Valixanovnani ishda ish jarayonining jadalligi ruhlantiradi. Qahramonimizning so‘zlariga ko‘ra, uning uchun maqsadni aniq ko‘rish va u sari odimlash muhim. Bu jarayon eng asosiy motivasiya bo‘ladi.

«Ayol uchun hayotdagi eng muhim qadriyat — bu uning oilasi va farzandlaridir. Biroq yana bir va juda muhim qadriyat — bu ta'limdir. O‘z ta'lim darajasini oshirish professional jihatdan o‘sishning muhim sharti, shuningdek moddiy farovonlik ortishi va o‘zini namoyon qilish omilidir», — deya ta'kidladi Iroda Valixanovna.

Qahramonimiz uchun baxt — bu o‘zidan mamnun bo‘lish. Iroda Shamsimuhamedovaning xayotdagi shiori esa «Hech qachon hech narsadan afsuslanmaslik, ortga qaramaslik va hech narsaga qaramay, faqat olg‘a odimlash». U buni unutmaslikka harakat qilishini qayd etdi.