October 13, 2021

ERIELL Ladies

🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — buxgalter Babajanova Natal'ya Alikovna.

Natal'ya Alikovna ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2007 yil dekabrdan 2013 yanvargacha Qarshi shahrida boshlagan. 2020 yilda Kompaniyaga qaytib, o‘z ishini buxgalter sifatida davom ettirdi.

Uning xizmat majburiyatlariga dastlabki buxgalteriya hisobini yuritish, tegishli uchastkalar bo‘yicha dastlabki hujjatlarni qabul qilish va nazorat qilish hamda ularni hisob-kitobga tayyorlash, shuningdek hisoblarning ish rejasini ishlab chiqish kiradi.

ERIELL Groupdagi ish faoliyati davomida Natal'ya Alikovna iqtidorli insonlar bilan tanishdi, yangi bilimlar va nihoyatda boy tajriba orttirdi. Qahramonimiz shuningdek ishlash yoqimli bo‘lgan yaxshi jamoani ham tilga oldi.

«Qarangki, ish davomida meni zimmamda katta mas'uliyat borligi ruhlantiradi. Bu rivojlanish uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi, o‘z ishimga bo‘lgan muhabbatimni yanada kuchaytiradi».

Qahramonimiz uchun baxt — bu uning farzandlari va ishidir.

«Men uchun baxt — bu mamnuniyat bilan ishga borish, ishdan qaytganimda esa meni jondan aziz farzandlarim kutib o‘tirsa».