October 27, 2021

ERIELL Ladies

🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — MTT mutaxassisi Karimova Yuliya Rinatovna .

Yuliya Rinatovna ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2013 yilda ofis-menejer lavozimidan boshlagan.

MTT mutaxassisi sifatida uning majburiyatlariga TMB xarid qilish, ofis ishini boshqarish, uni zarur materiallar bilan ta'minlash, bayramlar va korporativ tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek yangi xodimlarni jamoaga moslashtirish hamda ularga korporativ etika va subordinasiya qoidalarini singdirish kiradi.

«Ishda men uchun birinchi galda mas'uliyat va ijro intizomi zarur. Muloqotga tez kirishish ham muhim ahamiyatga ega: tuzilmalar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, rahbariyatdan ijrochilarga to‘g‘ri axborotni yetkazish qobiliyati va shu tariqa anglashilmovchiliklarning oldini olish ham muhim», — deydi Yuliya Karimova.

Kompaniyada ishlash asnosida Yuliya Rinatovna qo‘ng‘iroqlarni taqsimlash, ishbilarmonlik yozishmalarini yuritish va ofis texnikasidan foydalanish bo‘yicha katta tajriba orttirdi. Yuliya Karimova shuningdek ancha sabrli, murosali, qat'iyatli bo‘lishni va mustaqil qaror qabul qilishni o‘rgandi.

«Aslida xodimlar ofis-menejerdan doim nimadur talab qiladi, barcha ishlar, jumladan jiddiy muammolar uning zimmasida. Bunda o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olish va vaziyatni ikki qadam oldindan ko‘ra olish muhim», — deya qayd etdi qahramonimiz.

Yuliya Karimovaning so‘zlariga ko‘ra, biz atrofimizdagi baxtni mustaqil yaratamiz.

«Ishda xodimlar orasida, oila davrasida yoki boshliq huzurida bo‘lishingizdan qat'iy nazar, qalban o‘zini baxtiyor his qilgan odamdan faqatgina ijobiy flyuidlar ajraladi, qaysidir ishingiz baroridan kelmayotgan bo‘lsa ham, atrofingizda albatta kerakli paytda yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor odamlar topiladi. Asosiysi, o‘zligimizni yo‘qotmay, yaxshilik va yorug‘ kunlar kelishiga ishonishdir».