November 4, 2021

ERIELL Ladies

🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bo‘limi mutaxassisi Ismailova Adelya Islamovna. 

Adelya Islamovna ERIELL Groupdagi mehnat faoliyatini 2017 yilda loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bo‘limi mutaxassisi lavozimida boshlagan.

Uning majburiyatlariga Kompaniyaning istiqbolli loyihalari tannarxi va tijoriy takliflarini hisob-kitob qilish kiradi. ERIELL Groupda ishlash davomida Adelya Ismailova «Gazpromneft'», «Yamal SPG», «Arktik SPG-2» va boshqa loyihalarda ishtirok etgan, kompaniya foydali tenderlarda g‘alaba qozonishini ta'minladi.

Kompaniyada ishlash asnosida qahramonimiz stressli vaziyatlarda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ldi. Adelya Ismailovaning so‘zlariga ko‘ra, uning uchun eng muhimi uning atrofidagilar - jamoa hisoblanadi.

«Biz har kuni oilamiz va do‘stlarimizdan ko‘ra hamkasblarimiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazamiz, shuning uchun ular bilan hamfikr bo‘lish, bir-birimizga yordam berishimiz va jamoa doimo ishonchimizni oqlashiga ishonishimiz lozim», — dedi ERIELL Group xodimasi.

Adelya Ismailovani ishda xilma-xillik, vazifalar hajmi va ularni bajarish muddatlari ruhlantiradi: ba'zida hisob-kitoblarni ikki-uch kun oldin tayyorlash kerak bo‘ladi, ba'zida esa bu jarayon bir oy ham davom etishi mumkin.

«Men uchun baxt — bu to‘rtta qadriyat mujassamligi, ya'ni sevimli ishim, baxtli oilam, qiziqarli insonlar bilan muloqot qilish va intilayotgan maqsadim borligidadir», — deya o‘z so‘zini yakunladi hamkasbimiz.