November 17, 2021

ERIELL Ladies

🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — loyihalarni boshqarish departamenti bosh mutaxassisi Ataullaeva Laura Batirovna.

Laura Batirovna ERIELLdagi mehnat faoliyatini 2011 yilda mutaxassis lavozimidan boshlagan.

Hozirgi vaqtda loyihalarni boshqarish departamenti bosh mutaxassisi sifatida uning majburiyatlariga pudratchilarning shartnomada ko‘zda tutilgan barcha majburiyatlarini kuzatish, jumladan bank kafolatlari, ishlar hajmi, to‘lovlar reestrini rasmiylashtirish kiradi. Laura Ataullaeva shuningdek shartnomadan bo‘yin tovlangan taqdirda uning byudjetidan ortib ketmasligini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniyada ishlash davomida hamkasbimiz Natural Gas-Stream, Gazli, «NSX Aziya Drilling» loyihalarida ishtirok etdi.

«Ishda meni olingan natija, shuningdek jamoadagi sog‘lom o‘zaro munosabatlar ruhlantiradi», – dedi Laura Ataullaeva.

Lauri Batirovna uchun ishda eng muhimi jamoa ruhi va hamjihatlik hisoblanadi. ERIELL xodimasining so‘zlariga ko‘ra, faqat jamoada ishlash orqaligina ajoyib natijalarga erishish mumkin. Qahramonimiz kompaniyada do‘stlar, ulkan tajriba orttirdi, shuningdek yaxshi hayot maktabini o‘tadi.

Laura Batirovna uni ayollarda ish va oilani birdek olib borish mahorati lol qoldirishini qayd etdi.