ERIELL Ladies
🇺🇿 Bugungi qahramonimiz — loyiha boshqarmasi departamenti bosh mutaxassisi Yusupova Xatuna Il'inichna. U ERIELL dagi mehnat faoliyatini 2009 yilda biznesni rivojlantirish departamenti lavozimidan boshlagan.
Xatuna Yusupovaning majburiyatlariga shartnomani to‘liq boshqarish, bajarilgan ish hajmini kelishish va buyurtmachiga topshirish, shuningdek loyihada ko‘zda tutilgan pudratchi tashkilotlar bilan ishlash kiradi.
«Men uchun ishda eng muhimi — o‘zimni namoyon qilish, qarorlar qabul qilish imkoniyati, jamoadagi qulay muhit va qo‘yilgan maqsadlarga erishishdir. Fikrimcha, bularning barchasi muvaqqiyatli ish faoliyatining asosi hisoblanadi», — dedi Xatuna Il'inichna.
ERIELL Guruhida ishlash davomida qahramonimiz UzKorGasChemicalning quduqlarni kapital ta'mirlash bo‘yicha, «Lukoyl», shuningdek SEGning quduqlarda geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha loyihalarida ishtirok etgan.
«Barcha erishgan yutuqlarim - bu nafaqat mening, balki ahil jamoa va umuman olganda kompaniyaning ulkan mehnati samarasi, deb hisoblayman», — deya qayd etadi Xatuna Yusupova.
ERIELLda ishlash asnosida Xatuna Il'inichna zarur chuqur bilimlar, Kompaniya ish spesifikasiga oid katta tajriba, shuningdek jamoada ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘ldi va u ko‘pincha bu fazilatlardan kundalik hayotida ham foydalanib kelmoqda.
«Ishda menga erishilgan natija, hamkasblarim va rahbariyatning qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek biz har kuni hal qiladigan umumiy maqsad va vazifalarimiz ilhom beradi».
Xatuna Yusupovaning hayotdagi shiori: «Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q».
Qahramonimiz ayollarda qadrlaydigan fazilat - bu katta yuklamalar va erkaklar bilan teng mehnat qilishiga qaramay, ular go‘zal bo‘lishni ham uddalashidir.
«Shu bilan birga, ayollarsiz hayot mazmunini butkul yo‘qotishini ham aytib o‘tmoqchiman!», — deya o‘z so‘zini yakunladi Xatuna Il'inichna.