November 15, 2021

ERIELL Transport xizmatlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnirning final bosqichi

🇺🇿 O‘tgan yakshanba kuni Toshkentda ERIELL transport boshqarmasi xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnirning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Keskin kurash natijalari bo‘yicha birinchi o‘rinni Qashqadaryo va Surxondaryo transport kompaniyasi jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rin Toshkent TK futbolchilariga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa Buxoro va Samarqand viloyatlari jamoasi egalladi.

Barcha sovrindorlar sovrin va medallar, shuningdek qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Turnir ishtirokchilari ERIELL guruhi rahbariyatiga uni tashkillashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi.