ERIELL burg‘ulash brigadasi joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha «NOVATEK» reytingida eng yaxshi deb topildi.
🇺🇿 Mazkur reytingda «NOVATEK» kompaniyasi sho‘'ba jamiyatlari eksplutasiyaviy burg‘ulash ob'ektlarida 2 tadan ortiq quduq burg‘ulagan brigadalar ishtirok etdi.
Reytingning 13 ta ishtirokchisi orasida ERIELL birinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Ikkala brigada ham «ARKTIKGAZ» loyihasida mehnat qilmoqda.
1-o‘rin — 22-burg‘ulash brigadasi (burg‘ulash ustalari Raxpatov S.A., Raximov J.T., Aminov A.A.)
3-o‘rin — 25-burg‘ulash brigadasi (burg‘ulash ustalari Sobol' T.V., Bertosh V.V.)
Komissiya tomonidan ishlarni avariyasiz amalga oshirish, atrof-muhit muhofazasiga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, quduqlar qurilishini amalga oshirish madaniyati va uning muddatlarini maqbullashtirish singari mezonlarni baholandi.
Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ERIELL burg‘ulash brigadasi eng yaxshi brigada maqomi, shuningdek "NOVATEK-TARKOSALENEFTEGAZ" loyihasida Xarbey konidagi №307-V2 tarmoq maydonida ishlarni avariyasiz olib borgani va 13 ta quduq qurilishi dasturini muddatdan oldin amalga oshirgani uchun tashakkurnomani qo‘lga kiritganini eslatib o‘tamiz.
Sentyabr' oyida esa ERIELL brigadasi «NOVATEK-YuRXAROVNEFTEGAZ» loyihasida eng yaxshi brigada sifatida e'tirof etilib, har yilgi natijalarni sarhisob qilishda bir-biriga o‘tuvchi sovrin bo‘ladigan maxsus tayyorlangan bayroqqa ega bo‘ldi.