ICHTBda ERIELL Group 20 yilligi va Qurbon hayiti nishonlandi
ICHTBda ERIELL Group 20 yilligi va Qurbon hayiti nishonlandi
O’tgan hafta birdaniga ikkita yorqin voqealar-ERIELL Guruhi yubileyi va muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yodda qoldi.
Bu voqealar ish ketayotgan hududlarda, xususan, “Beshkent” va “Boysun” ICHTBda keng nishonlandi.
14 iyun kuni erta tongdan osmonda sevinch va quvonch muhiti ufurib turardi, ICHTBning markaziy maydonlari esa o’yin-kulgi markaziga aylandi.
Tadbirda rahbarlar va mehmonlar tantanali nutq so’zlab, hamkasblariga mehnatlari, umumiy ishga sodiqliklari uchun minnatdorchilik bildirdilar. O’z navbatida ERIELL Group ishchilarining og’zidan ham iliq minnatdorchilik so’zlari yangradi, ular o’sha yillarni, bir jonu bir tan bo’lib mehnat qilganliklari va yutuqlarini esladi. Guruh faoliyatining nafaqat mintaqa, balki butun mamlakat uchun muhimligi, shuningdek, energetika sanoati va mahalliy iqtisodiyotni rivojlntirishga qo’shayotgan salmoqli hissasi haqida so’z bordi. Jamoaviy ruh, hamkorlik va doimo mukammallikka intilish muhimligi ta’kidlandi.
Tantanali qism ICHTB xodimlariga faxriy yorliqlar, shuningdek, kompaniyaning tashkil etilishining boshida turgan xodimlarga tashakkurnomalar topshirish marosimi bilan davom etdi.
Bayram konserti bayramga kuch-quvvat va quvnoq kayfiyat bag’ishlab, barcha qatnashuvchilarni sho’x-sho’x raqslarda birlashtirdi.
Katta ekranda ERIELL Group tarihi, uning ilk qadamlari va hozirgi muvaffaqiyatlari haqida hikoya qiluvchi videoroliklar namoyish etildi. Ayniqsa Qashqadaryodagi konlarda erishilgan yutuqlarga alohida e’tibor qaratildi. Bunda ko’plab xodimlar o’zlarining qiyinchiliklarni yengish va g’alabalarga boy ish kunlarini faxr bilan esga oldilar.
Yubiley bayrami munosabati bilan tashkil etilgan, shuningdek, Qurbon hayiti bayramini ham birlashtirgan tadbir, shubhasiz, har bir insonning qalbida yorqin hotiralar qoldirib, ERIELL Group xodimlarini kelgusi marralar uchun yangi kuch-quvvat va ilhom bilan to’ldiradi.