December 2, 2021

«Ekolider»lar uchtaligida

🇺🇿 «Messoyaxaneftegaz» kompaniyasi «Ekolider-2021» tanlovi natijalari bo‘yicha eng yaxshi jamoalarni aniqladi.

«Burg‘ulash» guruhidagi beshta kompaniya o‘rtasida ERIELL 325 ball to‘plab, uchinchi o‘rinni egalladi 2020 yildagi ko‘rsatkichini 27 foizga yaxshiladi.

Quyidagilar pudratchi tashkilotlarni baholashning asosiy mezonlari bo‘ldi:

- ishlab chiqarish maydonchalari va ularga tutash hududlar holati;

- xodimlarning tabiatni muhofaza qilish faoliyati to‘g‘risida xabardorligi;

- chiqindilarni to‘plash va utilizasiya qilish joylarini tashkil qilish;

- ruxsat beruvchi hujjatlarning mavjudligi.

ERIELL Noviy Urengoy filiali direktori Yusupov I. U.:

«Jamoamizni yangi yutuq bilan tabriklayman! Biz nafaqat burg‘ulash, balki YoX, MM va AMM masalalarida ham yuksak natijalarga erishayotganimizdan mamnunmiz. Xodimlar xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrofimizdagi tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish – har qanday ish barpo etilishi kerak bo‘lgan poydevordir, shuning uchun biz mazkur yo‘nalishga alohida e'tibor qaratib, muntazam ravishda ekologik madaniyatni mustahkamlash va yaxshilash ustida ishlamoqdamiz».