August 24, 2022

ERIELL: ННБ - инновации, решения, судьбы

ERIELL: ННБ - инновации, решения, судьбы
 
🇷🇺 Развитие в ERIELL Group Наклонно-направленного бурения (ННБ) – это инновации, принятие смелых решений и даже человеческие судьбы.  
 
В интервью руководитель Сервиса ННБ Эльбек Олимович Амирханов рассказал нам историю развития и нюансы работы в этом направлении. О том, как он с коллегами развивал этот сервис в нашей компании практически с нуля. Как от объемов 4-5 скважин в год на одном комплекте оборудования, удалось увеличить объемы до 14 комплектов и 62 скважин в год.
При этом, работая с минимальным количеством иностранных специалистов, набрать и обучить местных специалистов по созданной собственной программе и довести число работающих инженеров до более чем 120 человек.
 
- Эльбек Олимович, расскажите, как Вы пришли к направлению ННБ, открыли его для себя, где обучались? Как в целом впервые оно возникло в вашей жизни?
- Наклонно-направленное бурение, как направление, для меня открылось, во время учебы на втором курсе Филиала Российского государственного университета нефти и газа имени И.М. Губкина в г. Ташкенте. Меня направили на практику г. Караулбазар на скважину №427 НН (наклонно-направленную) месторождения «Кокдумалак». Меня очень заинтересовали особенности оборудования, применяемого при ННБ и в итоге дипломную работу написал именно по бурению этой наклонно-направленной скважины.
 
- Почему Вас так заинтересовало ННБ, в чём, на Ваш взгляд, его особенность?
- Особенность заключалась именно в том, что большинство скважин бурятся вертикально, наклонных намного меньше. Соответственно ННБ сложнее, а раз сложнее – значит интереснее. Здесь необходимо осваивать международный опыт, уметь работать с оборудованием, которое производится в основном в западных странах, США, Канаде.

- Когда применение наклонно-направленного бурения появилось в ERIELL Group и как шло его развитие?
- В нашей компании оборудование по ННБ появилось еще в 2011 году, но широкого распространения тогда не получило, на мой взгляд, ввиду отсутствия достаточного количества специалистов.
 
- Когда Вы пришли в ERIELL?
- Поработав в 2014-2016 годах в компании CNLС, я принял решение перейти в ERIELL Group. Опыт по ННБ был наработан, хотелось поработать на развитие этого направления в нашей компании.
 
- Какова ситуация по ННБ была в ERIELL в то время?
- На тот момент был два комплекта оборудования. Отдел состоял из 17 человек, при этом 12 из них – экспаты.
 
— Было ли у Вас видение как развивать это направление в нашей компании?
- В ERIELL Group я пришёл с уверенностью, что развитие ННБ может быть при условии достаточного количества местных молодых и энергичных специалистов, способных быстро обучаться и применять новые знания на практике.


- Какие этапы Вы прошли на пути к осуществлению задуманного плана?
- На тот момент я работал полевым инженером-технологом по ННБ. В 2017-2018 годах я был направлен в Ирак для работы на международном проекте. Затем получил направление на 5-месячное обучение в итальянском Университете Baker Hughes - Oil and Gas University.
Полученный опыт и знания помогли мне составить видение о том, как создать эффективный Сервис ННБ в нашей компании.
И тогда в 2019 году началась подготовка к созданию Сервиса ННБ. На вооружение был взят международный опыт «большой четвёрки» (компании Baker Hughes, Halliburton, Schlumberger, Weatherford) в подборе и обучению персонала.
Руководство одобрило предложение, подготовленное на основе этой концепции. И в мае 2019 года был начат отбор студентов в университетах Ташкента, Карши, Бухары. Было набрано 40 человек, которые были обучены по разработанной собственной программе обучения DD School.
После успешного обучения первого потока, было принято решение о выделении ННБ в отдельную структуру.
И уже в апреле 2020 года была пробурена первая НН скважина полностью молодыми специалистами, без участия экспатов. В сентябре 2020 года, впервые в Узбекистане, одновременно было запущено 6 комплектов оборудования ННБ. А к декабрю работало уже 8 комплектов.
 
- Что мы имеем на сегодняшний день?

- 14 комплектов оборудования, более 120 инженеров, из них 90% местные молодые специалисты. В 2022 году был набран уже четвертый поток выпускников вузов и начато обучение согласно ранее разработанной программе.
Все это стало возможным благодаря тому, что Руководство ERIELL создало все необходимые условия для постоянного повышения квалификации специалистов!

ERIELL: QYB - innovasiya, yechimlar, taqdirlar

🇺🇿 ERIELL Groupda Qiya-yo‘naltirilgan burg‘ulash (QYB) rivojlanishi – bu hatto inson taqdiri uchun dadil qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq innovasiyalardir.

QYB xizmati rahbari Elbek Olimovich Amirxonov bizga bergan interv'yusida rivojlanish tarixi va bu yo‘nalishdagi ishlarning nozik jihatlari, u va uning hamkasblari kompaniyamizda ushbu xizmatni deyarli noldan boshlab rivojlantirgani, qanday qilib yiliga bitta uskuna to‘plamidagi 4-5 quduq hajmlarini 14 to‘plamga va 62 quduq hajmlariga oshirishning uddasidan chiqqani to‘g‘risida gapirib berdi.

Bu borada maqsad xorijiy mutaxassislarning minimal darajadagi soni bilan ishlagan holda mahalliy mutaxassislarni yaratilgan shaxsiy dastur bo‘yicha o‘qitish va tanlab olish hamda ishchi muhandislar sonini 120 nafardan ortiq kishiga yetkazish hisoblanadi.

  - Elbek Olimovich, siz QYB yo‘nalishiga qanday qilib kirib keldingiz, uni o‘zingiz uchun ochdingiz, qaerda tahsil oldingiz? Umuman olganda, qachon u sizning hayotingizda paydo bo‘ldi?
- Qiya-yo‘naltirilgan burg‘ulash yo‘nalish sifatida men uchun Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft' va gaz universiteti filialining ikkinchi kursida o‘qish vaqtida ochildi. Meni Qorovulbozor shahridagi “Ko‘kdumaloq” konining 427-sonli QY (qiya-yo‘naltirilgan) qudug‘iga amaliyotga yuborishdi. Menda QYBda qo‘llaniladigan uskunalarning o‘ziga xosligi qiziqish uyg‘otdi va oqibatda diplom ishimni aynan ushbu qiya-yo‘naltirilgan quduqlarni burg‘ulash bo‘yicha yozdim.

  - Sizni QYB nimasi bilan qiziqtirdi, sizningcha uning o‘ziga xosligi nimada?
- O‘ziga xosligi shundaki, quduqlarning ko‘pchiligi vertikal ravishda burg‘ulanadi, qiyalari esa kamroq. Shunga ko‘ra, QYB murakkab, murakkab bo‘lsa, demak u yanada qiziqarli bo‘ladi. Bu yerda xalqaro tajribani o‘zlashtirish, asosan, g‘arb mamlakatlarida, AQSh, Kanadada ishlab chiqariladigan uskunalar bilan ishlay olishi zarur.
 
  - Qiya-yo‘naltirilgan burg‘ulashni qo‘llash ERIELL Groupda qachondan paydo bo‘ldi va u qanday rivojlandi?
- Kompaniyamizda QYBga oid uskunalar 2011 yilda paydo bo‘ldi, lekin o‘sha vaqtda uni keng qo‘llash imkoni bo‘lmadi, fikrimcha, bunga mutaxassislar sonining yetarli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi.
- Siz ERIELLga qachon keldingiz?
  - 2014-2016 yillarda CNLS kompaniyasida ishlaganimdan so‘ng, ERIELL Groupga o‘tishga qaror qildim. QYB bo‘yicha tajriba orttirdim, kompaniyamizda ushbu sohani rivojlantirish ustida ishlashni xohladim. 
  - O‘sha vaqtda ERIELLda QYB bo‘yicha vaziyat qanday edi?
- O‘sha paytda ikkita uskuna to‘plami mavjud edi. Bo‘lim 17 kishidan iborat bo‘lib, ulardan 12 nafari xorijdan kelgan mutaxassislar edi.
— Kompaniyamizda ushbu yo‘nalishni qanday rivojlantirish haqida tasavvurga ega edingizmi?
- ERIELL Groupga men QYBning rivojlanishi mahalliy yosh va serg‘ayrat mutaxassislari sonining yetarli bo‘lishiga bog‘liq degan ishonch bilan kelgan edim. Chunki ular tez o‘rganish va yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga qodir.
  - O‘ylab qo‘yilgan rejani amalga oshirish  yo‘lida qanday bosqichlardan o‘tdingiz?
- O‘sha vaqtda men QYB bo‘yicha dala muhandis-texnologi sifatida faoliyat olib borar edim. 2017-2018 yillarda men xalqaro loyihada ishlash uchun Iroqqa yuborildim. Keyiinchalik Italiyaning Baker Hughes - Oil and Gas University universitetida 5 oy o‘qish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdim.
Egallangan tajriba va bilimlar menga kompaniyamizda QYB xizmatini samarali yaratish to‘g‘risida tasavvur paydo qilishga yordam berdi. Va o‘shanda 2019 yilda QYB xizmatini yaratishga tayyorgarlik boshlandi. Biz kadrlarni tanlash, o‘qitish va jihozlanishda “katta to‘rtlik” (Baker Hughes,  Halliburton, Schlumberger, Weatherford kompaniyalari)ning xalqaro tajribasiga tayangan holda ish olib bordik.
Rahbariyat ushbu konsepsiyaga asoslanib tayyorlangan taklifni ma'qulladi. 2019 yilning may oyida Toshkent, Qarshi, Buxoro universitetlaridan talabalarni tanlash boshlandi. DD School tomonidan ishlab chiqilgan o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitilgan 40 nafar talaba tanlab olindi.

Birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, QYBni alohida tuzilmaga ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Va 2020 yil aprel' oyida birinchi QY quduq xorijiy mutaxassislarning ishtirokisiz mutlaqo yosh mutaxassislar tomonidan burg‘ulandi. 2020 yilning sentyabr' oyida esa O‘zbekistonda ilk bora QYB uskunalarining 6 to‘plami bir vaqtning o‘zida ishga tushirildi. Joriy yilning dekabr' oyiga kelib to‘plamlar soni 8 ta yetdi.

  - Ayni paytda biz nimalarga egamiz?
- 14 to‘plam  jihozlar va 120 dan ortiq muhandislar, shundan 90 foizini mahalliy yosh mutaxassislar tashkil etadi. 2020 yilda universitet bitiruvchilarining to‘rtinchi oqimi tanlab olindi va ishlab chiqilgan dasturga muvofiq allaqachon o‘qishga qabul qilindi.

Bularning barchasiga ERIELL rahbariyati tomonidan mutaxassislarning malakasini doimiy ravishda oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani tufayli erishildi!