October 15, 2021
Gaz oqimi olindi
🇺🇿 ERIELL Group mutaxassislari tomonidan Jizzakh Petroleum MChJ QX loyihasi bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Shu tariqa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi «G‘arbiy Orol» konida 2-sonli quduqni tiklash ishlari yakunlandi. O‘zlashtirish davomida debiti sutkasiga 220 ming kub metr bo‘lgan sanoat gazi oqimi olindi.
Hozirgi vaqtda «G‘arbiy Orol» konining 1-sonli qudug‘ini o‘zlashtirish, quduqlarni gidrodinamik tadqiq qilish ishlari amalga oshirilmoqda. GDT ishlaridan so‘ng debiti sutkasiga 303 ming kub metr bo‘lgan gaz oqimi olinadi.