«Gazli» koni yubileyini nishonlamoqda
🇺🇿 Bu yil O‘zbekistondagi eng yirik gaz koni bo‘lgan «Gazli» 65-yillik yubileyini nishonladi. Bu kondagi ilk quduq 1956 yilda Buxorodan 90 km shimoli-g‘arbda, 600 metr chuqurlikda burg‘ulangan.
O‘z zahiralari bo‘yicha «Gazli» koni dunyoda birinchi o‘rinlardan birini egallagan va o‘ta qulay ishlash sharoitlari: gazga boy qatlamlarning katta quvvati va gaz juda chuqur joylashmagani bilan ifodalangan.
1959 yilda SSSR Gaz sanoati vazirligining neft' qazib chiqarish sanoati boshqarmasi tashkil etildi. Korxona o‘zbek gaz sanoatiga poydevor yaratib berdi. Bir yilning o‘zida 50,5 mlrd kub. m tabiiy gaz qazib olindi. 1960 yilda O‘zbekiston sanoat ehtiyojlari va aholining maishiy ehtiyojlarini ta'minlash uchun qazib olinadigan "zangori yoqilg‘i"ning katta miqdordagi zahiralariga ega respublikalardan biriga aylandi.
«Gazli» konining ochilishi yangi gaz va neft' qazib chiqarish bazasini yaratish va mamlakatning yoqilg‘i-energetika muvozanati tuzilmasini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Gazlining yangi tarixi 2017 yilda boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev «O‘zbekneft'gaz» AJga gaz ombori faol hajmini 10 mlrd kub metrga oshirishga doir loyihani tayyorlash vazifasini yukladi. 2018 yil may oyida Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi davomida «Forus» AJ va «O‘zbekneft'gaz» AJ o‘rtasida hamkorlikda loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish, "Gazli" yer osti gaz omborini kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish orqali saqlash quvvatini bosqichma-bosqich oshirish, shuningdek uni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va keyinchalik birgalikda foydalanish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish singari yo‘nalishlardagi hamkorlikni ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
ERIELL Group mavjud quduqlar fondining kapital ta'mirini amalga oshirish, shuningdek yangilarini burg‘ulash orqali Gazli Gas Storage MChJ QX loyihasini amalga oshirishda muhim rol' o‘ynamoqda.
Tuzilgan shartnoma doirasida salmoqli natijalarga erishildi: 2019 yilda 3 ta chuqur eksplutasiyaviy quduq burg‘ulandi (ulardan biri gorizontal). 2020 yilda 16 ta neft' va gaz qudug‘i qurilish bilan yakunlanib, bu Gazli Gas Storagega qisqa muddatlarda "Gazli" konida tabiiy gaz qazib olinishini tashkil qilish va neft' qazib olinishini oshirish imkonini berdi. Shuningdek hozirgi kunda yer osti gaz ombori (EOGO) uchun 15 ta quduq burg‘ulandi.