September 20, 2023

Хорезмские украшения – в Государственном музее Востока 

Хорезмские украшения – в Государственном музее Востока

Книга-альбом «Ювелирные украшения Узбекистана в собраниях мира» ( XLV том) из серии «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира» посвящена уникальным коллекциям украшений, которые хранятся в музеях России, Германии, Италии, Чехии. В ней собраны наиболее интересные образцы ювелирного искусства из республиканских музеев.

В числе прочих – изделия хорезмских мастеров, хранящиеся в Государственном музее Востока. Среди них бытовая утварь из металла и ювелирные украшения, купленные экспедицией этого музея в Хиве в 1946 году.

В XIX веке в Хиве был распространен традиционный комплекс украшений. В нем сочетались детали, выполненные басмой (тиснением) и сканью. Тон задавали сложные украшения для женского праздничного головного убора, составлявшие единый ансамбль с височными подвесками и прикрепленным к ним ожерельем. Для хорезмских подвесок и ожерелий характерны вставки из сердоликов и крупных округлых кораллов.

Музейная коллекция располагает роскошными наголовными украшениями зулфитилла, медальоном бодом-ой, предназначенным для женского головного убора в виде чалмы, парными амулетами бутунтирнок, прикреплявшимися сзади к головному убору молодой женщины. Украшение имело значение оберега, о чем свидетельствуют два маленьких рога, спрятанных за пышной бахромой серебряных подвесок и кораллов, обрамляющих нижнюю часть.

Подробнее о коллекции можно прочитать в книге-альбоме «Ювелирные украшения Узбекистана в собраниях мира» ( XLV том).

Основным спонсором проекта является ERIELL Group.

Xorazm zeb-ziynatlari – Sharq davlat muzeyida

“O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” (XLV jildlik) turkumidagi “O’zbekiston zargarlik buyumlari jahon to’plamlarida” kitob-albomi Rossiya, Germaniya, Italiya, Chexiya muzeylarida saqlanayotgan noyob zeb-ziynatlar kolleksiyalariga bag’ishlangan. Unda Respublika muzeylaridagi zargarlik san’atining eng qiziqarli namunalari jamlangan.

Ular orasida Sharq davlat muzeyida saqlanayotgan xorazmlik ustalarning buyumlari, xususan, metalldan ishlangan maishiy buyumlar va 1946 yilda Xivada ushbu muzey ekspeditsiyasi tomonidan sotib olingan zargarlik buyumlari o’rin olgan.

XIX asrda Xivada an’anaviy zargarlik buyumlari to’plami keng tarqalgan edi. Unda bosma (bosma naqsh) va naqshinkor bezaklar bilan bajarilgan detallar uyg’unlashtirildi. Ayollarning bayramlarda kiyadigan murakkab bosh kiyimlaridagi bezaklar e’tiborni tortadi. Ularning chakka qismiga tikilgan shokila va popuklar, ularga osilgan marjonlar shodasi yagona ansamblni tashkil etadi. Serdolik va yirik dumaloq marjondan qilingan qo’shimchalar xorazm shokilalari va shodalari uchun xosdir.

Muzey kolleksiyasi hashamdor zulfi tilla bosh bezagi, salla ko’rinishidagi ayollar bosh kiyimi uchun mo’ljallangan bodom oy medalyoni, yosh ayollar bosh kiyimining orqasiga taqiladigan juft butuntirnoq tumorlaridan tashkil topgan. Bezaklar ko’z tegishdan saqlaydigan tumor o’rnida ishlatilgan, buni pastki qismni o’rab turgan kumush popuklar va marjonlarning hashamdor popultiriqlari orqasida yashiringan ikkita kichkina shox ham tasdiqlaydi.

To’plam haqida batafsil ma’lumotni “O’zbekiston zargarlik buyumlari jahon to’plamlarida”( XLV jildlik) kitob-albomida o’qish mumkin.

ERIELL Group loyihaning bosh homiysi hisoblanadi.