June 15

ERIELL Group: милосердие согревает сердца

ERIELL Group: милосердие согревает сердца

В преддверии священного для всех мусульман праздника Курбан хайит ERIELL Group традиционно организовала благотворительную акцию, согревающую сердца людей с ограниченными возможностями. В этом году адресатом добрых дел стало Общество социальной взаимопомощи людей с инвалидностью «Мехрибонлик» Сергелийского района столицы.

Это общество объединяет тех, кто каждый день сталкивается с трудностями, которые большинству из нас сложно даже представить. Но именно здесь царит нечто большее, чем просто забота и внимание. Здесь царит любовь. Любовь к жизни, к людям и ко всему, что может подарить хоть немного радости и утешения.

На этот раз ERIELL Group решила порадовать 85 участников общества «Мехрибонлик», собрав продуктовые наборы, а также средства гигиены. Каждый набор был подготовлен с особой теплотой и заботой, каждая упаковка несла в себе частичку душевного тепла.

Представителей ERIELL Group встречали улыбки радости и благодарности за то, что о людях с ограниченными возможностями помнят, о них заботятся. Ведь для многих из них такие моменты — это целое событие, напоминание о том, что они не одиноки.

Сотрудники ERIELL Group, раздавая продуктовые наборы, общались с членами общества, слушали их истории, делились своими.  В этих разговорах рождалось нечто особенное — связь между людьми, которых объединила доброта и сострадание. Время было наполнено искренностью и теплом, ведь порой простое человеческое внимание и участие могут сделать больше, чем любые материальные блага.

В обществе «Мехрибонлик» в этот день царила особая атмосфера праздника и радости. Продуктовые наборы стали не просто помощью, а символом того, что в мире есть место добру и милосердию. Каждый участник общества ощутил это на себе, и их сердца наполнились благодарностью.

Для ERIELL Group этот день стал очередным напоминанием о том, что сила Группы компаний заключается не только в её успехах и достижениях, но и в умении разделять их с теми, кто в этом нуждается. Ведь по-настоящему великие дела измеряются не в цифрах и отчетах, а в счастливых глазах и благодарных сердцах людей.

Акция ERIELL Group, проведенная накануне праздника жертвенности и милосердия Курбан хайит, стала ярким примером того, как доброе сердце может согреть десятки других сердец и подарить им веру в лучшее.

ERIELL Group: Rahm-shavqat dillarni shod etadi

Barcha musulmonlar uchun muqaddas bo’lgan Qurbon hayiti bayrami arafasida ERIELL Group an’anaga ko’ra imkoniyati cheklangan insonlar dardlariga malham bo'luvchi xayriya aksiyasini tashkil etdi. Bu yilda xayrli ishlar manzili sifatida poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “Mehribonlik” nogironlarga ijtimoiy ko’mak berish jamiyati tanlandi.

Ushbu jamiyat ko’pchiligimiz tasavvur qilishimiz hatto murakkab bo’lgan qiyinchiliklarga duch keladigan kishilarni birlashtiradi. Lekin aynan bu yerda g’amxo’rlik va e’tibordan ko’ra ko’proq muhabbat hukm suradi. Bu hayotga, insonlarga, bir ozgina bo’lsa ham quvonch va tasalli baxsh etishi mumkin bo’lgan barcha narsaga muhabbatdir.

Bu gal ERIELL Group oziq-ovqatlar to’plami, shuningdek, eng zarur gigiyena vositalarini jam qilgan holda “Mehribonlik” jamiyatining 85 nafar a’zosini hursand qilishga qaror qildi. Har bir to’plam o’zgacha iliqlik va jonkuyarlik bilan tayyorlandi.

ERIELL Group vakillarini jamiyat a’zolari yuzlarida tabassum ila qarshi oldi. Ularning xolidan xabar olishga kelganliklari, ularni unutmaganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Zero ularning ko’pchiligi uchun bunday lahzalar— butun boshli voqea, ularning yolg’iz emasliklarini doim eslatib turadi.

ERIELL Group xodimlari oziq-ovqat to’plamlarini tarqatish asnosida jamiyat a’zolari bilan muloqot qildi, ularning hikoyasini tingladi, o’zlariniki bilan bo’lishdi. Bunday suhbatlarda qandaydir boshqacha – yaxshilik va rahm-shavqat birlashtirgan insonlar o’rtasidagi aloqa vujudga keldi. Vaqt samimiylik hamda mehr bilan yo’g’irilgan edi, chunki ba’zida oddiygina inson e’tibori va xayrihohligi har qanday moddiy manfaatlardan ko’proq quvonch olib kelishi mumkin.

Shu kuni “Mehribonlik” jamiyatida bayram va hursandchilik muhiti hukm surdi. Oziq-ovqatlar to’plami nafaqat yordam belgisi, balki dunyoda yaxshilik va rahm-shafqat uchun joy borligining ramziga aylandi. Har bir jamiyat a’zosi buni o’zida his etib, qalblari minnatdorchilik tuyg’usi bilan to’lib-toshdi.

ERIELL Group uchun Kompaniyalar guruhining kuchi nafaqat uning yutuq va muvaffaqiyatlarida, balki ularni bunga muhtoj bo’lganlar bilan birga baham ko’rish qobiliyatida ekanligi to’g’risida navbatdagi eslatmadir. Chunki, chinakam buyuk ishlar raqam va hisobotlarda emas, balki odamlarning shod ko’zlari va minnatdor qalblari bilan o’lchanadi.

ERIELL Groupning qurbonlik va mehr-shafqat bayrami-Qurbon hayiti arafasida o’tkazilgan aksiyasi mehribon qalb o’nlab boshqa dillarni shod etishi va ularga hammasi yaxshi bo’lishiga ishonch baxsh etishi mumkinligining yorqin misoli bo’ldi.